Berdax Bauyetdinovich Allaniyazov (28-sentyabr 1965-yil) – darvozabon sifatida oʻynagan qoraqalpoq millatiga mansub sovet va oʻzbek futbolchisi. Oʻzbekistonning bir qator futbol klublari va birinchi navbatda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safidagi oʻyinlari bilan tanilgan, uning tarkibida 1994-yilda Osiyo oʻyinlari gʻolibi boʻlgan.

Futbolchilik faoliyati Berdax Allaniyazov 1981-yilda ikkinchi ligadagi Nukusning „Amudaryo“ jamoasi tarkibida futbol maydonlarida oʻynagan. 1982–1983-yillarda Allaniyazov Namanganning „Avtomobilist“ klubi darvozasini himoya qilgan. 1987-yilda Berdax Allaniyazov ikkinchi ligada angrenning „Shaxtyor“ klubi safida toʻp surgan, keyin ikkinchi liga klublari Sirdaryoning „Yangiyer“ va „Yoshlik“ darvozasini himoya qilgan. 1990-yilda Allaniyazov oʻsha paytda „Orol“ nomini olgan Nukus klubiga qaytdi. Allaniyazov jamoada boʻlgan vaqtda dastlabki ikki yili ikkinchi ligada toʻp surgan boʻlsa, SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingach, Nukus jamoasi safida 1994-yilgacha Oʻzbekiston chempionati oliy ligasida toʻp surgan. Keyinchalik 1997–1998-yillarda Berdax Allaniyazov elitaning „Xorazm“ klubida toʻp surgan boʻlsa, uning soʻnggi professional klubi Nukusning „Turon“ klubi boʻlgan.

Futboldagi asosiy faoliyatini „Orol“(Nukus) klubida oʻtkazgan.

Oʻzbekiston terma jamoasidagi faoliyati Berdax Allaniyazov Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyutini 1992-yil 23-avgust kuni Qirgʻiziston terma jamoasiga qarshi oʻtkazganUzbekistan – Kirgiziya – 3 : 0 23.08.1992 . Allaniyazov 1994-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun terma jamoaga kiritildi. OFK oʻsha yili terma jamoalar safiga faqat 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilarni jalb qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa-da, bu turnirga deyarli barcha jamoalar eng kuchli tarkib bilan kelgan. Berdax Allaniyazov turnirni asosiy darvozabon sifatida boshladi, biroq Tailand terma jamoasiga qarshi omadsiz oʻyindan soʻng, Oʻzbekiston terma jamoasi 5:4 hisobida gʻalaba qozonadi. Darvozabon 4 ta gol oʻtkazib yuboradi va uning oʻrnini Yuriy Sheykin egalladiSbornaya Uzbekistana, pobedivshaya na Aziade v 94-om. Gde oni seychas? . Keyinroq Oʻzbekiston terma jamoasi finalga qadar etib borib, Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylandi.

Yutuqlari Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 1994-yilda Osiyo oʻyinlarida jamoa tarkibida gʻalaba qozongan Berdax Allaniyazov boshqa oʻyinlar gʻoliblari va ularning murabbiylari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti – „Shuhrat“ medali bilan taqdirlandiUkaz Prezidenta .

Manbalar

Havolalar Berdax Allaniyazov Footballfacts saytida futbolchi profili Berdax Allaniyazov Transfermarkt saytida futbolchi profili

Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:28-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Qoraqalpogʻistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1994 futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Konchi Angren klubi futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Aral Samali klubi futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Sportchilar