Jahongir Ahmedov (1983-yil, 4-fevral, Toshkent viloyati tugʻilgan) — oʻzbek kinorejissyor, ssenariychi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimiFan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va OAV xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Prezident farmoni e’lon qilindi Xabar.uz .
Tarjimai hol Ahmedov Jahongir Odilxoʻjayevich 1983-yil 4-fevralda Toshkent viloyatida tugʻilgan. U 25-oʻrta maktabni bitiribRejissor Jahongir Ahmedov 100 qismli tarixiy serial suratga olishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Suratga olish ishlari uch yil davom etadi Daryo.uz, 2002-yildan 2008-yilgacha Oʻzbekiston davlat madaniyat va sanʼat institutida tahsil olgan, bakalavriat va magistratura darajasini rejissyorlik boʻyicha tamomlaganKino va adabiyot, „Oltin oʻrtali“ izlangan „Ilhaq“ va „Oskar“ — Rejissor Jahongir Ahmedov bilan suhbat Kun.uzJahongir Ahmedov: Dunyoga chiqish uchun oldin hovliga chiqish kerak Amerikaovozi.com. Ayni kunda Oʻzbekiston davlat sanʼat instituti dotsenti.
Ahmedov oʻzini katta kinoda 2009-yil „Uylanish“ kinokomediya kartinasini olishdan boshlagan. U ssenariy va suratga olish jarayonini oʻzi olib, kinoga ilk qadamini qoʻygan. Bu bilan Jahongir Ahmedov kino sohasida toʻxtab qolgani yoʻq. 2010-yilda uning „Omad“ va shu yili „Tundan tonggacha“, 2012-yili esa – „Tilim qursin“ kinokomediyalari, 2016-yili – „Majnun“ drama janridagi kinosi olam yuzini koʻrganJahongir Ahmedov: avvallari juda an’anaviy, o’ta konservativ fikrlagan ekanman Amerikaovozi.com.
2018-yil Jahongir Ahmedov yangi loyiha ustida ish boshlagan. U Xiva xonligining bosh vaziri, XX asrning mashhur tarixiy siymolaridan biri Islomxoʻja hayotiga bagʻishlangan badiiy-publitsistik janrda „Islomxoʻja“ tarixiy filmini suratga olganJahongir Ahmedovning «Islomxoʻja» filmida tarixiy qotillik siri fosh etiladi Kun.uz. Ushbu film qahramonning hayoti, jamiyat va davlatni isloh qilish yoʻlidagi faoliyati, turli fitna va xavf-xatarlarga boy hayoti haqida soʻz yuritgan. Mazkur ish kinematografchilar tomonidan ijobiy baholangan. Bu film nafaqat Oʻzbekistonda, boshqa xorijiy davlatlarda ham namoyish etilganJahongir Ahmedov AQSHlik kinoijodkorlar bilan turkum filmlarni suratga oladi Xs.uz.
2020-yil Ikkinchi jahon urushi haqida hikoya qiluvchi „Ilhaq“ dramatik janrdagi film suratga olingan«Ilhaq» filmi qahramoni — Zulfiya Zokirova yashagan xonadonga tashrif Kun.uzЗавершились съемки фильма «Илхак», посвященного 75-летию победы во Второй мировой войне. Uzdaily.uz. Jahongir Ahmedov mazkur filmni ssenariychisi va rejissyori boʻldi. „Ilhaq“ butunjahon boʻylab karantin boʻlganligi uchun kinoteatrlarda emas, balki barcha telekanallarda namoyish etilgan. Film kinotanqidchilar tomonidan yuqori baholangan“Илҳақ” фильми режиссёри Жаҳонгир Аҳмедов билан очиқ суҳбат Yuz.uz. U bir qancha festivallarda gʻolib boʻlgan. Xususan, Belarusda oʻtkazilgan Listopad festivalida eng yaxshi film deb topilganУзбекистан представит в Минске фильм о войне — видео Uz.sputniknews.ru. Oʻzbekistonda eng yaxshi film uchun „Oltin humo“ mukofoti sovrindorini qoʻlga kiritgan“Oltin Humo” milliy kinomukofotini tantanali topshirish marosimi Uzdaily.uz. Bundan tashqari, Jahongir Ahmedov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlanganШавкат Мирзиёев "Илҳақ" фильми ҳақида нима деди? (ВИДЕО) Aniq.uz.
Jahongir Ahmedov kino faoliyati davomida rejissyor sifatida 16 ta badiiy filmlarni yaratgan va 30 dan ortiq kinolarga ssenariy yozgan. 2018-yilda – Oʻzbekiston kinematograflari ijodiy uyushmasi boshqaruvi aʼzosi. 2019-yilda – Oʻzbekiston kinematografiya agentligi Badiiy kengash aʼzosi. 2020-yilda – Oʻzbekiston Rassomlari va ijrochilar mualliflik huquqlari palatasi boshqaruv aʼzosi.
Maʼlumoti Toshkentdagi 25-oʻrta maktabni bitirgan. 2002-yildan 2006-yilgacha Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutida tahsil olgan. 2006-yildan 2008-yilgacha Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida magistratura bosqichida tahsil olgan va tamomlagan.
Filmografiya Quyida Jahongir Ahmedov suratga olgan filmlar xronologik tartibda keltirilgan. + Yil Nomi Rol 2009-yil Uylanish rejissor, ssenariy muallifi 2010-yil Omad rejissor, ssenariy muallifi 2010-yil Tundan tonggacha rejissor, ssenariy muallifi 2011-yil Oling quda − bering quda rejissor, ssenariy muallifi 2011-yil Qorakoʻz rejissor, ssenariy muallifi 2012-yil Soʻnggi qoʻngʻiroq rejissor, ssenariy muallifi 2012-yil Xizmat doirasidan tashqarida rejissor, ssenariy muallifi 2012-yil Tundan tonggacha 2 rejissor, ssenariy muallifi 2013-yil Ana xolos rejissor, ssenariy muallifi 2015-yil Tilim qursin rejissor, ssenariy muallifi 2014-yil Baxt ortidan rejissor, ssenariy muallifi 2014-yil Onam bilmasin rejissor, ssenariy muallifi 2015-yil Dadam bilmasin rejissor, ssenariy muallifi 2015-yil Tilim qursin 2 rejissor, ssenariy muallifi 2016-yil Majnun rejissor, ssenariy muallifi 2017-yil Asal oyi rejissor, ssenariy muallifi 2018-yil Islomxoʻja rejissor, ssenariy muallifi 2020-yil Ilhaq rejissor, ssenariy muallifi
Mukofotlar
2011-yil „M & TVA Eng yaxshi rejissori“ nominatsiyasi gʻolibiM&TVA takdirlash marosimi yakuni! Fazo.tv. 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimiFan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va OAV xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Prezident farmoni e’lon qilindi Xabar.uz. 2021-yil „Listopad“ Xalqaro kinofestivalda Gran-pri sohibi („Ilhaq“ filmi uchun)Победителем фестиваля "Лістапад" стал фильм "Илхак" узбекского режиссера Джахонгира Ахмедова Belta.by. 2021-yil „Oltin Humo“ milliy kinofestivalining „Eng yaxshi film“ nominatsiyasi gʻolibiEng yaxshi film, aktyor, rejissor... “Oltin Humo” kinomukofoti taqdirlash marosimi oʻtkazildi Qalampir.uz. 2026-yil 28-mayda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Turkum:Kishilar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:4-fevralda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik ssenariychilar Turkum:Oʻzbekiston rejissyorlari Turkum:Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bitiruvchilari