thumb|Makiyakinabe turlari: chapda Kansay turi, oʻngda Kanto turi  — yaponcha oʻrama omletlar tayyorlanadigan tova. Odatda kvadrat yo toʻrtburchak shaklida boʻladi. Uni yana deb ham atashadi.

Oʻralgan omletlar quyidagicha tarzda tayyorlanadi: toʻrtburchak shaklidagi yupqa omlet tayyorlanadi, soʻngra choʻp bilan silindrsimon shaklda yoki choʻziq kub shaklida oʻraladi. Rulet butun uzunligi boʻylab bir xil diametrda boʻlishi uchun omlet avvalboshdan toʻrtburchak shaklda boʻlishi kerak. Ushbu shaklni olishi uchun qovuradigan maxsus idish — makiyakinabe ishlatiladi.

Etimologiyasi Ushbu turdagi idishlar , , va kabi bir nechta nomga ega. Uni baʼzida oddiygina qilib „yapon omlet tovasi“ deb ataladi. nomi yaponcha , yaʼni „oʻrama“, , „pishirish“ uchun umumiy atama va , bu „tova“ degan maʼnoni anglatadi. va nomlari, odatda, toʻgʻridan-toʻgʻri tovada pishiriladigan oʻrama omletlarga nisbatan ishlatiladi.

Oʻlchamlari Qoida tariqasida, makiyakinabe oʻlchami 10 dan 35 sm gacha boʻlgan oraliqda, asosan, alyuminiy yoki choʻyandan tayyorlanadi. Eng yaxshisi qalay qoplangan ogʻir mis tovadir. Biroq bunday tovani ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak, chunki qalay nisbatan past haroratda ham erib ketishi mumkin. Savdoda teflon qoplamali arzonroq variantlar ham mavjud. Devorlarning balandligi, odatda, 3-4 sm, tovaning umumiy vazni esa 0,5 dan 2,5 kg gacha.

Makiyakinabening uch turi mavjud: Kanto turi (kvadrat), Kansay turi (tor va uzun) va Nagoya turi (kalta va keng).

Kanto turi Kengligi: 10-30 sm, asosan, 15-25 sm; Kansai turi; Kengligi: 10-30 sm, asosan, 15-25 sm; Uzunligi: 15-35 sm, kengligi 1,5 sm dan oshmaydi; Nagoya turi; Kengligi: 15-35 sm; Uzunligi: 10-30 sm, asosan, 15-25 sm.

Shuningdek, sotuvda ruletni aylantirishni osonlashtiradigan tubi toʻlqinsimon egik boʻlgan kansay turi ham mavjud, ammo bunday tovalar faqat gaz plitalarida ishlatilishi mumkin va boshqa ovqat pishirish uchun unchalik mos kelmaydi.

Foydalanilishi Tovaga juda yupqa qilib yogʻ surtish kerak. Buning uchun tova yuzasi yogʻlangan qogʻoz sochiq yoki yogʻlangan mato bilan artiladi. Baʼzan bu maqsadda paxta absorbent (masalan, paxta oʻrami) ishlatiladi.

Baʼzi retseptlar tuxumni qovurishni koʻzda tutmaydi, lekin bu omlet turiga bogʻliq: boshqa retseptlarda tuxumni oltin-jigarrang tusgacha qovurish mumkin.

Qopqogʻi Odatda, makiyakinabe omletni aylantiriladigan qalin yogʻoch qopqoq bilan ishlatiladi. Ushbu maqsadda siz tarelkadan ham foydalanishingiz mumkin, ammo qopqoqda ishlash birmuncha oson.

Qoʻllanilishi Tamagoyaki (yapon omleti), koʻpincha, sushiga qoʻshiladi. Krevetka yoki yams bilan tuxum aralashmasi qayishqoq boʻlgunga qadar makiyakinabeda qovuriladi.

Manbalar

Turkum:Idishlar Turkum:Oshxona anjomlari