thumb| Italiyaning Monterano shahrida Renessans festivali paytida qozonda pishirish Kotyol―ochiq olovda pishirish orqali ovqat tayyorlash uchun moʻljallangan metall qozon. Bugungi kunga qadar u sayohatga chiqqanda foydalanilgan. Texnik atama sifatida „kotyol“ soʻzi suv isitish yoki uni bugʻga aylantirish uchun moʻljallangan yopiq idishga nisbatan ishlatiladi.
Tarixi Arxeologlar tomonidan topilgan eng qadimgi kotyollar oxirgi bronza davriga toʻgʻri keladi. 60-70 litr hajmli juda katta qozonlar tez-tez uchraydi.
Kotyollar oʻyinlar, madaniyatlar va dinda
Kotyollar, koʻpincha, Irlandiya kelt mifologiyasida uchraydi. Hammani toʻydirgan Dagda qozoni Danu maʼbudasi qabilalarining toʻrtta afsonaviy buyumidan biri edi. Uells anʼanalaridagi afsonaviy xazinalardan biri Dirnvch Gigantning qozonidir. Qozon faqat mardlar uchun taom pishirgan: qoʻrqoq unga yaqinlashsa, qaynamaganN. S. Shirokova, Keltskie bogi Drugogo Mira . Pair Dadeni („Qayta tugʻilish qozoni“ oʻliklarni tiriltirishga qodir boʻlgan). Kelt mifologiyasidan juda koʻp oʻzlashtirgan vikkalar orasida qozon, koʻpincha, tugʻilish maʼbudasi Keridven bilan bogʻliq. Garri Potter kitoblar seriyasida damlama tayyorlash uchun qozon ishlatiladi. Baʼzi qimor karta oʻyinlarida — pul qoʻyiladigan idish (pul tikish). „Pivo qozonidan“ (soʻzlashuv tilida) — juda katta oʻlchamlar (koʻpincha bosh haqida)Tolkoviy slovar russkogo yazika Ushakova. Qadimgi bolalar oʻyini bor „kotyol“Slovar Dalya.
Yana qarang
Qozon
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Idishlar Turkum:Oshxona jihozlari