thumb|230px|Logotipi DAX (, bozorda GER30 sifatida koʻrsatilgan) Germaniyaning eng muhim fond indekslaridan biridir. Indeks Germaniyadagi 40 ta eng yirik aktsiyadorlik jamiyatlari aksiyalari narxining kapitallashuvi boʻyicha oʻrtacha qiymati sifatida hisoblanadi. DAX Britaniyaning FTSE 100 va Amerika Dow Jones indekslarining ekvivalenti hisoblanadi.

DAX 1988-yil 1-iyulda yaratilgan boʻlib, boshlangʻich qiymati 1000 balldan iborat. Indeks Deutsche Börse AG tomonidan hisoblab chiqariladi.

2020-yil 24-noyabrda Deutsche Börse Germaniya iqtisodiyotining zamonaviy tuzilmasini toʻliqroq aks ettirish maqsadida indeksni oʻnta qoʻshimcha komponentga kengaytirilishini eʼlon qildi. Kengaytiruv 2021-yilning 3-choragida amalga oshirildi.

Indeksni hisoblash thumb|234px|Frankfurt fond birjasidagi DAX kurslar tablosi 2016-yil yanvar oyidan boshlab indeks har savdo kuni Markaziy Yevropa vaqti bilan 9:06 dan boshlab hisoblab chiqiladi. DAX ni hisoblashda XETRA elektron birjasidagi aksiyalarning narxlaridan foydalaniladi.

Etyen Laspeyres formulasi asosida hisob-kitob qilish uchun tanlangan listing kompaniyalarining aksiyalari narxlari ularning bozor kapitallashuviga qarab oʻlchanadi.

Faqat erkin muomaladagi aksiyalargina hisobga olinadi. Agar kompaniya kapitali bir necha turdagi aksiyalarga (masalan, oddiy va imtiyozli aksiyalarga) boʻlingan boʻlsa, likvidligi yuqori boʻlgan aksiyalar turi qoʻllanadi.

Tanlov mezonlari 2021-yil sentabr oyidan boshlab kompaniyalar DAXga faqat bitta asosiy mezon – aksiyadorlik jamiyatining bozor kapitallashuvi boʻyicha kiritilish huquqiga ega. Strategik investorlar qoʻlidagi emas, balki erkin muomalada boʻlgan barcha aksiyalarning umumiy qiymati hisobga olinadi. Boshqa oldingi mezonlar, masalan, ushbu qimmatli qogʻozlar bilan savdo qilish faolligi kabi mezonlar yoʻqoldi.

Bundan tashqari, yangi qatʼiy shart joriy etildi: DAX 40 uchun nomzodlar kamida ikki yillik daromadga ega boʻlishlari, shuningdek, muntazam ravishda nafaqat yillik va yarim yillik, balki har chorakda auditdan oʻtgan hisobotlarni taqdim etishlari kerak.

Agar aksiyaning ogʻirligi 10% dan oshsa va aksiyaning 30 kunlik tarixiy oʻzgaruvchanligi 250% dan oshsa, aksiya qayta balanslash sanalari orasidagi indeksdan chiqarilishi mumkin. DAXga kiruvchi kompaniyalar Logotip Kompaniya Soha Qisqartma Indeks koʻrsatkichi (%)140px Adidas Oyoq kiyim va libos ADS 3.005640px Allianz Sugʻurta ALV 8.372440px BASF Kimyo sanoati BAS 8.203240px Bayer Kimyo sanoati BAYN 8.397340px Beiersdorf Isteʼmol tovarlari BEI 0.932540px BMW Avtomobilsozlik BMW 2.634540px Commerzbank Bank ishi CBK 1.190740px Continental AG Avtomobilsozlik CON 2.292340px Daimler AG Avtomobilsozlik DAI 6.748040px Deutsche Bank Bank ishi DBK 2.9358 Deutsche Börse Birja bitimlari DB1 1.748440px Deutsche Lufthansa Havoyoʻllari LHA 1.335640px Deutsche Post Logistika DPW 3.557040px Deutsche Telekom Telekommunikatsiya DTE 4.663840px E.ON Energetika EOAN 1.9397 Fresenius Medical Care Sogʻliqni saqlash FME 1.764440px Fresenius Sogʻliqni saqlash FRE 2.507340px HeidelbergCement Qurilish HEI 1.268040px Henkel Isteʼmol tovarlari HEN3 1.860740px Infineon Technologies Yarimoʻtkazgichlar IFX 2.445340px Linde Gaz sanoati LIN 3.2388 40px Merck Farmatseftika MRK 1.1156 Munich Re Sugʻurta MUV2 2.721640px ProSiebenSat.1 Media Mediabiznes PSM 0.633840x40пкс RWE Energetika RWE 0.823040px SAP Dssturiy taʼminot SAP 8.980040px Siemens Mashinasozlik SIE 8.986640px ThyssenKrupp Mashinasozlik TKA 0.973840px Volkswagen Group Avtomobilsozlik VOW3 2.952140px Vonovia Koʻchmas mulk VNA 1.7724

2017-yil 29-dekabr holati boʻyicha.

Manbalar