Snowdrop (; Seolganghwa, oʻzbekchada „Boychechak“) — Janubiy Koreya teleseriali boʻlib, bosh rollarda Jung Hae-in, Jisoo, Yoo In-na, Jang Seung-jo, Yoon Se-ah, Kim Hye-yoon va Jung Yoo-jin. ishtirok etgan. U JTBC telekanalida 2021-yil 18-dekabrdan boshlab har shanba va yakshanba kunlari soat 22:30 da efirga uzatildi. Serial Disney+-da tanlangan hududlarda mavjud.
Mazmuni Film 1987-yilda Janubiy Koreya avtoritar hukumatini demokratik saylovlar oʻtkazishga chaqirgan Demokratik Harakat fonida tasvirlangan. Magistratura Im Su Xo (Jung Xae In) norozilik namoyishlarida qatnashayotgan paytida yaralangan holatda Universitetning talabasi In Young Ro (Jisoo) tomonidan topiladi. Qiz uni Universitetning qizlar yotoqxonasiga berkitishga muvaffaq boʻladi. Bunday ogʻir siyosiy toʻntarishlar vaqtida ikki yoshlarning hikoyasi boshlanadi hamda ularning romantik munosabatlari shakllanadi. Filmning nomi ham qish fasli tugamy, bahor fasli kirib kelmasidan togʻlarda qor ostidan ochilib chiqadigan boychechak guliga ikki yoshning muhabbatini qiyoslab nomlanadi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Janubiy Koreya teleseriallari Turkum:JTBC dasturlari Turkum:Koreys tilidagi televizion shoular Turkum:2020-yillar teleseriallari