Abror Muxtor Aliy (asl ismi: Abror Abduazimov; 1976-yil 22-iyul, Chust tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi bosh ilmiy xodimi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Qurʼon va tajvid oʻrgatish boʻlimi mudiri oʻrinbosariAbror Muxtor Aliy Diniy idorada mas’ul vazifaga tayinlandiAbror Muxtor Aliy Musulmonlar idorasida mas’ul lavozimini egalladi. Omma orasida ziddiyatli hamda LGBTga qarshi keskin chiqishlari bilan tanilgan diniy bloger.

Biografiyasi 1976-yil 22-iyul kuni Namangan viloyati Chust tumani Karkidon qishlogʻida tugʻilgan.

Taʼlimi 1994—1998-yillar – Andijon viloyati „Abdussalom Maxdum“ nomli madrasada tayyorlov kursi talabasi.

1998—2000-yillar – Namangan shahridagi „Mulla Qirgʻiz“ madrasasi talabasi.

2000—2004-yillar – Toshkent islom instituti talabasi.

2009—2011-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti magistratura talabasi.

Mehnat faoliyati 2004—2008-yillar Toshkent viloyati „Olimjon ota“ jome masjidida imom-xatib.

2008—2009-yillar – Xorazm viloyati „Faxriddin ar-Roziy“ oʻrta-maxsus diniy taʼlim muassasasi oʻqituvchisi.

2011—2022-yillarda – Toshkent islom universiteti oʻqituvchisi.

2020-yildan – Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi bosh ilmiy xodimi.

2021-yildan – Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi Qurʼon va tajvid oʻrgatish boʻlimi mudiri oʻrinbosari.

Tarjimalari Izuddin Bayyanuniyning „Tahorat va namoz hukmlari“ nomli kitobini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Abdulvahhob Mashhadoniyning „Namozimiz dalillari“ nomli kitobini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Biznesi Uchtepa tumanidagi Koʻkcha darvoza va Kichik halqa yoʻli koʻchalari chorrahasida joylashgan „Help me feed“ masʼuliyati cheklangan jamiyatining 50 foiziga egalik qilgan. Hozirda jamiyat faoliyat koʻrsatmaydi.

Shayxontohur tumani Labzak koʻchasida joylashgan „Merhaba Meat House“ kafesining 33 foiziga ega.

Shayxontohur tumani Nurafshon va Shayxontohur koʻchalari chorrahasida joylashgan „Senior Meat“ tamaddixonasining 50 foiziga ega.

Uchtepa tumanidagi transport xizmatlariga ixtisoslashgan „Abir transport N-1“ masʼuliyati cheklangan jamiyatining 100 foiziga egalik qilgan. Hozirda jamiyat faoliya olib bormaydi.

Tanqidlar 2017-yilgacha, 20 yilga yaqin muddat davomida hukumatning qattiq nazorati ostida boʻlgan dindorlardan biri. Diniy erkinlik berilgach, ijtimoiy tarmoqlarda ziddiyatli chiqishlari bilan tanilgan.

2021-yil 11-fevralda „xotinlar uradigan erkaklarni yaxshi koʻradi“ degan soʻzlari aks etgan video ortidan qattiq tanqid qilindi. Keyinroq, ayollardan uzr soʻrab chiqdi va „ayollarni urmaslik kerak“ deya taʼkidladi.

2021-yil 26-iyunda Olmazor tumanidagi Toʻxtaboy masjidida bloger Fozilxoʻja Orifxoʻjayev bilan nizo kelib chiqqan. Fozilxoʻja Orifxoʻjayev masjidda maʼruza qilayotgan Abror Abduazimovga qarshi fikrlar bildirgan va „munofiqlik“da ayblagan. Masjiddagi hodisadan soʻng, Orifxoʻjayev Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) koʻra, 15 sutkaga qamalgan. Keyinroq Orifxoʻjayevga nisbatan jinoyat kodeksining „jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish“ alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Olmazor tumani sudi 2022-yil 26-yanvar kuni Fozilxoʻja Orifxoʻjayevni aybdor deb topib, 7 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. 2023-yil 7-dekabrda Orifxoʻjayev muddatidan oldin ozodlikka chiqdi.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Matbuot xizmati Abror Muxtor tomonidan chiqarilayotgan murojaatlar oʻzining shaxsiy fikri ekanligi taʼkidlangan. Bungacha Abror Muxtor markazda oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritib kelgan edi. Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan chiqarilgan rasmiy xabarda shunday deyilgan:

2021-yilning 28-mart kuni Toshkent shahri markazidagi Amir Temur xiyobonida yapon animesi va koreys pop musiqasi muxlislarining navbatdagi tadbirini oʻtkazmoqchi boʻlgan bloger Miraziz Bozorov shu kuni kechqurun kaltaklab ketilgan. Bozorov bu ishlarni Abror Muxtor Aliy uyushtirganini taʼkidlagan. Andijondagi kutubxona xodimlari bilan uchrashuv paytida tahlilchi Larisa Burakovaning oʻzbek tiliga tarjima qilingan „Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi?“ kitobini „Oʻzbekistonda rangli inqilob qilishga tashviq“ deya tanqid qildi. Oʻzbekiston xalq artisti Yodgor Saʼdiyevning soqol qoʻyish haqidagi tanqidiy fikrlari aks etgan video ortidan, Saʼdiyevni „jirkanch artist“, „oʻldirilishi joiz boʻlgan togʻut“, „ayollar libosini kiygan hezalak“ kabi haqorat va tahdidli soʻzlar bilan nishonga oldi. Toshkent shahridagi kitob doʻkonlari boʻylab uyushtirilgan tekshiruv chogʻida Leonardo da Vinci va Rembrandt kabi gʻarb rassomlari ishlagan jahon sanʼati durdonalarini „oʻzbek xalqi uchun yot“ ekanini aytgan. 2022-yil dekabr oyida Nikita Makarenko Abror Muxtor Aliy nomi bilan tanilgan fuqaro unga nisbatan tuhmatni oʻz ichiga olgan hamda „Photoshop“ dasturida soxtalashtirilgan xabarlarni eʼlon qilganini bildirgan. Jurnalist holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilgan. Huquqbuzarligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima jazosiga tortilgan.

Bahsli munozaralari Abror Muxtor Aliy 2021-yil may oyida jurnalist-huquqshunos va bloger Zafar Solijonovni „xoin“ va „LGBT tarafdori“, deb atagan. Shuningdek, jurnalist Nikita Makarenkoga nisbatan „miyasini qoʻy yegan yoki eshakni miyasini yeb qoʻygan odam bor – Nikita Makarenko. Majoziy maʼnoda aytyapman, fikrlari eshak fikrlar. Yaʼni eshak ham qilmaydi bu fikrlarni. Yaʼni LGBT haqida dars berib yurgan agneshka“, kabi soʻzlarni ishlatgan. Yakkasaroy tumani sudida Abror Muxtor Aliy tomonidan 2022-yil 8-dekabr kuni Facebookdagi sahifasi orqali jurnalist Nikita Makarenkoni qadr-qimmatini kamsitish va obroʻsizlantirganligi bilan bogʻliq ayblov boʻyicha maʼmuriy ish koʻrib chiqildi. Unga koʻra Abror Muxtor Aliy 6 mln soʻm jarima toʻlashi belgilangan.

2023-yilning 15-yanvar kuni Abror Muxtorga tegishli Youtube platformasidagi kanalga joylangan video murojaatlaridan birida „Gʻarb“ning sobiq ittifoq davlatlarida Rossiyaga qarshi propagandani amalga oshirish uchun mablagʻ ajratayotganini iddao qilib chiqqan. Oʻz iddaosi davomida manbasi nomaʼlum boʻlgan bir roʻyxat orqali Oʻzbekistonga ham bu borada 8 million dollar ajratilganini aytib oʻtgan. Shuningdek, intervyu davomida Gʻarbning Rossiyaga qoʻyayotgan sanksiyalariga asosiy sabab qilib Rossiyaning LGBTga qarshiligini koʻrsatib oʻtgan. Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urushni esa haq va botil oʻrtasidagi urushning tutantirigʻi deb atagan.

Oilasi Uning 7 nafar farzandi bor. 2021-yilning 12-oktyabr kuni 7 yashar oʻgʻli Muhammad To Ha vafot etdi.

Rafiqalari bilan mojarolari Abror Muxtor Aliy 2017-yilning 30-yanvar kuni „Kaptiva“ mashinasi salonida sharʼiy nikoh oʻqitish orqali Saodatxon Aʼzamxoʻjaeva bilan turmush qurgani aytiladi. 2018-yilning fevral oyida 21 yoshli Saodatxon Aʼzamxoʻjaeva avval kaltaklangan, soʻngra 8 oylik homila bilan koʻchaga haydalgan. Abror Muxtor Aliy bundan keyingi voqelar fonida 10-fevral kuni oʻzi faoliyat yuritgan Toshkentdagi „Minor“ masjidi imomi noibligi lavozimidan ozod etilgan.

Hibsga olinishi Abror Muxtor Aliy Oʻzbekiston Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 194- hamda 195-moddalarida koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilib, 2024-yilning 8-fevral kuni Shayxontohur tuman sudi tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi oʻtashi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, yaʼni 340 000 soʻm jarima toʻlashi belgilandi. Shuningdek, maʼmuriy huquqbuzar bergan koʻrsatmaga koʻra, uning oilaviy sharoiti hisobga olinib, maʼmuriy qamoqda saqlash bilan bogʻliq xarajatlardan ozod etildi. Abror Muxtor Aliyning advokati 13-fevral kuni appelyatsiya shikoyati yozgani sababli bu masala 14-fevral kuni boʻlib oʻtgan sud majlisida qayta koʻrib chiqildi. Sud majlisi berilgan apellyatsiyani rad etdi. Tergovga qadar tekshiruv, dastlabki tergov hujjatlarida keltirilishicha, Abror Muxtor Aliy ijtimoiy tarmoqlar orqali 1725 nafar shaxsga nisbatan haqarotomuz izohlar yozgan va oʻzining video chiqishlarida 161 marta soʻkingan.

2024-yil 21-fevral kuni Oliy sudning nazorat organi Abror Muxtor Aliyning qamoq muddatini ikki sutkaga qisqartirgani munosabati bilan u ozod etildi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Imomlar Turkum:Oʻzbekistonlik blogerlar