Jasurbek Jaloliddinov (2002-yil 15-mayda Navoiyda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Ozarbayjon Premyer-ligasida ishtirok etuvchi „Sumgayit“ klubi tarkibida oʻynagan. Yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi. U The Guardian nashrining „Next Generation 2019“ (Keyingi avlod 2019) roʻyxatiga kiritilgan.
Faoliyati Klublar Jasurbek Jaloliddinov 2018-yilning 2-avgust kuni Bunyodkorning asosiy tarkibida Oʻzbekiston Superligasining Qoʻqon 1912 klubiga qarshi oʻyinida debyut qildi va Oʻzbekiston chempionati oliy ligasi tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi (debyut paytida u 16 yoshda edi). 2019-yil 6-aprel kuni Navbahorga qarshi oʻyinda klub safidagi ilk golini urdi.
2019-yil oktyabr oyida The Guardian gazetasi tomonidan tuzilgan 2002-yilda tugʻilgan „Jahon futbolining 60 ta eng yaxshi yosh iqtidori“ roʻyxatiga kiritildi.
2020-yilning 29-iyul kuni Moskvaning Lokomotiv klubiga oʻtdi. „Temiryoʻlchilar“ bilan shartnoma besh yilga moʻljallanganhttps://www.fclm.ru/ru/publications/news/22475. Ikki oyni klubda oʻtkazgan Jasur hech qachon maydonga tushmadi, zaxirada bor yoʻgʻi 2 oʻyin bor edi. 2021-yilning 26-yanvarida „Lokomotiv“ bilan shartnoma bekor qilingani maʼlum boʻldihttps://www.fclm.ru/ru/publications/news/23463. 2020-yilning 13-oktyabr kuni Jasurning Tambov klubiga ijaraga berilgani maʼlum boʻldihttps://www.fclm.ru/ru/publications/news/22914. 5 ta oʻyinni zaxirada oʻtkazdihttps://fclmnews.ru/russia/102765-zhaloliddinov.html.
2021-yilning 6-mart kuni Oʻzbekistonning Andijon klubi bilan 2022-yilning dekabrigacha shartnoma imzoladi, shu yilning yozgi transfer oynasi vaqtida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi safiga oʻtdi.
2022-yil yangi mavsum oldidan Qozogʻistonning „Qayrat“ klubi safiga ijaraga berildi. 2022-yilning 7-iyulida Qayrat jamoasi Jaloliddinovning ijara muddati tugaganini va Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasiga qaytganini tasdiqlagan.
2024-yilgi mavsum oldidan erkin agentga aylangan. Fargʻonaning Neftchi klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
2025-yilda Soʻgʻdiyona klubida toʻp tepgan.
2026-yil 15-iyulda Navbahor klubiga oʻtdi. Milliy terma jamoa Jaloliddinov futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2020-yilning 23-fevral kuni Belarusga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan edi.
Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan. Jahon chempionatida maydonga tushmagan.
Yutuqlari Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2019 AFC U-23 Osiyo chempionati Ikkinchi oʻrin: 2022, 2024
Xalqaro
Terma jamoaYilOʻyinGolOʻzbekiston202010Total10
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarJamoaMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiXalqaroBoshqaJamiDivisionIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolBunyodkor2018Oʻzbekiston Superligasi1000 - - -1020192021011 - -22320208100 -20 -101Jami29310112000334Lokomotiv Moskva2020–21Rossiya Premyer-ligasi0000—000000Tambov (ijara)2020–21Rossiya Premyer-ligasi0010———10Andijon2021Oʻzbekiston Superligasi12121———142Lokomotiv Toshkent2021Oʻzbekiston Superligasi11110———121202211010———110Jami34251------393Qayrat (ijara)2022Qozogʻiston Premyer-ligasi7000—000070Olimpik2023Oʻzbekiston Superligasi21554—0000269Umumiy faoliyat911011511200010516
Mukofotlari Jasurbek Jaloliddinov 2022-yil 30-iyun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan „Kelajak bunyodkori“ medali bilan taqdirlangan.
Eslatmalar
Manbalar
Havolalar
Jasurbek Jaloliddinov NFT saytida Jasurbek Jaloliddinov Soccerway saytida Jasurbek Jaloliddinov Transfermarkt saytida Jasurbek Jaloliddinov Worldfootball saytida
Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:15-mayda tugʻilganlar Turkum:Navoiyda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Navoiy viloyati kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Olimpik jamoasi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Moskva futbolchilari Turkum:FC Tambov futbolchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:Sumgayit FK futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ozarbayjon Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Olimpiya milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2022 futbolchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari bronza medali sohiblari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Ozarbayjondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ozarbayjondagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari