Eva Magdalena Anderson (shved. Eva Magdalena Andersson; tugʻ. 1967-yil 23 yanvar, Uppsala, Shvetsiya ) - shved siyosatchisi va davlat arbobi. 2021-yil 4-noyabrdan Shvetsiya Sotsial-demokratik mehnat partiyasi raisi etib tayinlangan. 2014-yildan beri u Shvetsiya moliya vaziri boʻlib, hukumatdagi bu lavozimdagi birinchi ayol boʻldi . 2014-yildan beri Riksdag aʼzosi (Stokgolm okrugidan) .

Biografiyasi Eva Magdalena Andersson 1967-yilda Uppsala shahrida tugʻilgan. Ota-onasi - Goran Andersson ( Göran Andersson; 1936-2002), Uppsala universiteti oʻqituvchisi va oʻqituvchi Elza Birgitta Granell-Andersson ( Elsa Birgitta Granell-Andersson; 1939-yilda tugʻilgan) .

1987-yilda Uppsala sobori maktabini tamomlagan. U Stokgolm Iqtisodiyot maktabini 1992-yilda tamomlagan va Biznes boshqaruvi va iqtisod boʻyicha ilmiy bakalavr (B. Sc.) darajasini olgan. 1994-yil kuzida Avstriya poytaxti Vena shahridagi Ilgʻor tadqiqotlar institutida (IHS) tahsil oldi. 1995-yilning bahorida Garvard universitetida oʻqidi. 1994-yilda u oʻzining alma-materi Stokgolm Iqtisodiyot maktabida dars bergan. Siyosiy faoliyati 1996-1998-yillarda Goran Persson Bosh vazir devonida siyosiy ekspert, keyin 1998-2004-yillarda Bosh vazir devonida rejalashtirish boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlaydi. 2004-2006-yillarda - Shvetsiya Moliya vazirligining Davlat kotibi, 2019-yilgacha Shvetsiyaning ot poygalari garovlarini qabul qilish boʻyicha monopol operatori boʻlgan ATG boshqaruv kengashi aʼzosi. 2005-2009 - Buyuk Britaniya Mehnat partiyasi tahlil markazi Siyosat tarmogʻi boshqaruvi aʼzosi. 2007-2009 - Partiya raisi Mona Salinning ichki siyosat boʻyicha maslahatchisi. 2009-2012-yillarda Shvetsiya soliq agentligida bosh direktor oʻrinbosari, Shvetsiya tadbirkorlik subʼektlarini roʻyxatga olish xizmati boshqaruvi aʼzosi. 2012-2014-yillarda - partiyaning iqtisodiy va siyosiy masalalar boʻyicha rasmiy vakili sifatida faoliyat yuritgan.

2014-yilgi parlament saylovlari natijalariga koʻra u Stokgolm okrugidagi Sotsial-demokratik partiyadan Riksdag aʼzosi etib saylangan. 2018-yilgi saylovlarda qayta saylangan .

2014-yil 3 oktyabrda u Stefan Lyoven hukumatida Moliya vaziri lavozimini egallaydi va mamlakat tarixida ushbu lavozimni egallagan birinchi ayol boʻldi

2021-yil 4-noyabrda Gyoteborgda boʻlib oʻtgan yillik qurultoyda ovoz berishdan soʻng u Shvetsiya Sotsial-demokratik mehnat partiyasi raisi etib saylanadi . Avgust oyida Shvetsiya Bosh vaziri Stefan Leuven isteʼfoga chiqishini eʼlon qilgandan soʻng darhol asosiy nomzod sifatida Magdalena Andersson paydo boʻldi. Oʻshandan beri u ushbu lavozimga barcha partiya okruglari va Sotsial-demokratlar partiyasidan nomzodlarni koʻrsatish qoʻmitasi tomonidan nomzod sifatida koʻrsatilgan. 4-noyabr kuni boʻlib oʻtgan saylovlar vaqtida Magdalena Andersson bu lavozimga taqdim etilgan yagona nomzod edi.

2021-yil 24-noyabrda parlamentdagi ovoz berish natijalariga koʻra, u Shvetsiyaning 45-bosh vaziri etib saylandi va bu lavozimdagi birinchi ayol boʻldi . Uning nomzodini yoqlab 117 nafar deputat ovoz berdi, 174 nafari qarshi chiqdi, 57 nafar deputat betaraf qoldi . Bir necha soatdan keyin Yashillar partiyasi koalitsion hukumat tarkibidan chiqdi, bu avtomatik ravishda bosh vazirning isteʼfoga chiqishini bildiradi. Biroq bosh vazir boʻlib saylangandan soʻng, u Yashillar partiyasining hukumatdan chiqish toʻgʻrisidagi qarori bilan bogʻliq holda Vazirlar Mahkamasida boʻlinish yuz bergani tufayli yetti soatdan keyin oʻz lavozimini tark etib isteʼfoga chiqdihttps://daryo.uz/2021/11/25/shvetsiyaning-birinchi-ayol-bosh-vaziri-lavozimiga-saylanganidan-7-soat-otib-istefoga-chiqdi/ Shaxsiy hayoti Naka shahrida yashaydi. Andersson Stokgolm Iqtisodiyot maktabining iqtisod professori Richard Friberg (Richard Friberg; 1967-yil tug.) bilan turmush qurgan. Bu nikohdan ikki farzand dunyoga keldi .

Manbalar

Turkum:Harvard universiteti bitiruvchilari Turkum:Yashayotgan insonlar