Navroʻz Oʻzbekistonda keng nishonlanadi. Bu kun bahorgi tengkunlik kuni boʻlib, Shimoliy yarim sharda bahorning boshlanishini belgilaydi. Ushbu bayram hozirgi Oʻzbekiston hududiga toʻgʻri keladigan hududda kamida ikki ming yildan beri nishonlanadi.

Oʻzbekiston Sovet Ittifoqi tarkibida boʻlgan davrda Navroʻz bayramini nishonlash odatda norasmiy boʻlgan va baʼzida taqiqlangan edi. Hozirda Oʻzbekistonda Navroʻz rasmiy bayram boʻlib, har yili 21-mart kuni nishonlanadi. Shunga qaramay, bayram tantanalari bir necha kunga choʻziladi.

thumb|19-asrda Navroʻz bayramini nishonlayotgan bolalar, Turkiston (hozirgi Oʻzbekiston)

Tarixi Navro‘z Markaziy Osiyoning koʻplab hududlarida keng nishonlangan bo‘lib, marosim amaliyoti o‘ziga xos xususiyatlardan iborat. Bayram masjidlarda o‘qiladigan duolar, musulmon avliyolarining mozorlarini (qabrlarini) va muqaddas buloqlarni ziyorat qilish orqali amalga oshirilgan. Buxoro amirligida Navro‘zni keng ko‘lamda rasmiy nishonlash Muzaffar bin Nasrulloh tomonidan boshlangan bo‘lib, u siyosiy qonuniylik inqirozi davrida Mang‘itlar sulolasi nufuzini mustahkamlashga intilgan.

Navroʻz odatlari Bayramga tayyorgarlik koʻrishda odamlar oʻz uylarini va mahallalarini tartibga soladilar, yangi kiyimlar sotib oladilar. Navroʻzdan oldin, bayram paytida va undan keyin bayramning asosiy taomi boʻlmish sumalak tayyorlash odat tusiga kirgan. Sumalak toʻliq unib chiqqan bugʻdoydan tayyorlangan shirin xamir boʻlib, katta qozonda pishiriladi. Sumalak tayyorlash uchun doʻstlar, qarindoshlar va qoʻshnilar – odatda ayollar – qozon atrofida yigʻilishadi, hamma navbatma-navbat aralashtiriladi. Tayyor boʻlgach, sumalak qoʻni-qoʻshni, qarindosh-urugʻ, doʻstlar orasida tarqatiladi. Navroʻz bayramida odamlar qarindosh-urugʻ, doʻstlarni ziyorat qilib, bolalarga sovgʻa-salomlar ulashadi.

Navroʻz bayrami Oʻzbekistonda koʻpincha eng mashhur bayram sifatida tilga olinadi. 21-mart kuni butun mamlakat boʻylab, xususan, Toshkent shahrida bayramona konsertlar tashkil etiladi. Mart oyi davomida kitob yarmarkalari, konsertlar, oʻyinlar, maxsus televidinya va radio dasturlari davom etadi. Qayd etilishicha, 1991-yilda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, hukumat vakillari Navroʻzni asosiy umumxalq bayrami sifatida targʻib etib, tantanalarning mazmuni va shaklini qattiq nazorat ostigaga olgan.

Navro‘z bayramiga xos taomlar Navro‘z bayramida O‘zbekistonda quyidagi an’anaviy taomlar tayyorlanadi

Sumalak — bug‘doy unidan tayyorlanadigan shirin taom bo‘lib, uzoq vaqt davomida past olovda pishiriladi. U bayramning eng ramziy taomlaridan biri hisoblanadi. Halim — bug‘doy, go‘sht va boshqa tarkibiy qismlardan tayyorlanadigan mazali va to‘yimli taom. Kok somsa — ko‘katlar va go‘sht bilan to‘ldirilgan xamir taomi, Navro‘z dasturxoni uchun odatiy hisoblanadi. Norin — mayda kesilgan go‘sht va un bilan tayyorlanadigan an’anaviy taom, ba’zan sovuq holda iste’mol qilinadi.

Bu taomlar bayram dasturxoni va Navro‘zning madaniy an’analarini aks ettiradi.

Galereya

Manbalar

Turkum:Navroʻz Navroʻz