Oʻzbekistondagi ozarbayjonlar (Özbəkistan azərbaycanlıları) — ozarbayjon diasporasiga kiradi. Ular Oʻzbekiston fuqarolari va etnik ozarbayjon millatiga mansub doimiy aholi vakillaridir. Ozarbayjon va Oʻzbekiston avvallari Rossiya imperiyasi, keyin esa Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan. Ayni paytda Oʻzbekistonda 35 848 nafardan ortiq ozarbayjonlar istiqomat qiladi. Bu Oʻzbekiston aholisining 0,15 foizini tashkil qiladi.

Ozarbayjon hamda Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Ozarbayjonning madaniy, lisoniy, tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarini rivojlantirish borasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish maqsadida Ozarbayjon Oʻzbekiston Respublikasida oʻz madaniyat markazini tashkil etgan. 2010-yil 27-sentabr kuni Toshkentda Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi madaniyat markazi binosi kapital ta’mirlash va restavratsiyadan soʻng foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Oʻzbekistonning oʻsha davrdagi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. 2013-yildan boshlab Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi oʻz faoliyatini kengaytirib, muhim tadbirlarni oʻtkaza boshladi.

+ Ozarlarning millatiga koʻra Oʻzbekistonda 1926-1989-yillardagi ulushi Etnikguruh 1926-yilgi aholiniroʻyxatga olish1 1939-yilgi aholiniroʻyxatga olish2 1959-yilgi aholiniroʻyxatga olish3 1970-yilgi aholiniroʻyxatga olish4 1979-yilgi aholiniroʻyxatga olish5 1989-yilgi aholiniroʻyxatga olish6 20,764 0.4 3,645 0.1 40,511 0.5 40,431 0.3 59,779 0.4 44,410 0.2 1 Tojikiston ASSR bundan mustasno, lekin Qoraqalpoq avtonom viloyati (1926-yilda Qozoq ASSR tarkibiga kirgan)ni oʻz ichiga olgan; manba: . 2 Manba: . 3 Manba: . 4 Manba: . 5 Manba: . 6 Manba: .

Mashhur namoyandalari Seyid Rezo Alizoda Maqsud Shayxzoda Firudin Safarov Eynulla Aliyev Qafar Abdullayev Shevket Gudarli Koʻkeb Aliyeva Nasiba Abdullayeva Rizo Ixtiyor Rovshan Ibodov Shargʻiya Shixaliyeva Nargiz Poʻladxonova Jabrayil Idrisov Ramida Poʻladxonova Manbalar

Havolalar Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi madaniyat markazi rasmiy veb sayti

Turkum:Oʻzbekistondagi etnik guruhlar