The Marvels () Nia DaCosta tomonidan suratga olingan superqahramonlar haqidagi AQSh filmidir. Marvel Studios tomonidan ishlab chiqarilgan hamda Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan. Film gʻoyasi Marvel Comics'ning Carol Danvers / Kapitan Marvel, Kamala Khan / Ms. Marvel va Monica Rambeau personajlariga asoslangan. Kinokartina Kapitan Marvel (2019) filmining sikveli hamda Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning 31-toʻliq hajmli filmiidir.
Marvel Studios 2019-yil iyul oyida Kapitan Marvelning davomini suratga olish rejalarini tasdiqladi. Ikkinchi filmni suratga olish ishlari 2021-yil aprel oyining oʻrtalarida Nyu-Jersi shtatida boshlandi, The Marvels filmi may oyining boshida filmning nomi oʻlaroq eʼlon qilindi. Asosiy suratga olish ishlari 2021-yil avgustga kelib, Bukingemshirdagi Pinewood studiyasida va Italiyaning Tropea shahrida boʻlib oʻtdi.
Rollarda Brie Larson — Carol Danvers / Captain Marvel Iman Vellani — Kamala Khan / Ms. Marvel Teyonah Parris — Monica Rambeau Samuel L. Jackson — Nick Fury
Manbalar
Havolalar
Turkum:2023-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:Marvel kinematografiya koinoti filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:2020-yillar superqahramonlar haqidagi filmlar Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:2023-yil 3D-filmlari Turkum:4DX-filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:Nia DaCosta filmlari Turkum:Oʻzga sayyoraliklar haqidagi filmlar