thumb|250x250px West Chester universiteti — AQShning Pennsylvania shtatidagi taniqli davlat universiteti.
Universitet 1871 yilda Pensilvaniya shtatidagi oliy o'quv yurti sifatida tashkil etilgan. Hozirgi kunda 6 ta kollej va 1 ta kasb-hunar maktabida 17719 o'quvchi tahsil olmoqda. Universitetda 118 ta bakalavriat, 103 ta magistratura va 4 ta doktorlik dasturlari mavjud. Uning asosiy kampuslari Filadelfiya va West Chesterda joylashgan.
Universitet Markaziy Shtatlarning Oliy Ta'lim Komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan.Middle State Commission on Higher Education Bundan tashqari, ushbu oliy ta'lim muassasasi Pensilvaniya oliy ta'lim tizimining bir qismidir. West Chester universiteti Forbes jurnalining 2019 yilgi reytingiga ko'ra AQShning eng yaxshi 150 ta davlat universitetlari qatoriga kiritilgan.West Chester University of Pennsylvania O'sha yili US News jurnali tomonidan tashkil etilgan reytingda West Chester universiteti AQShning shimoliy shtatlaridagi 1400 ta davlat universitetlari orasida 17-o'rinni egalladi.West Chester Is #17 on U.S. News Best Public Schools List
Manbalar
Turkum:AQShdagi universitetlar