Ergash Alibekovich Soliyev (1956-yil 17-iyul kuni, Forish tumanida tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi, pedagog. 2017—2024-yillarda Jizzax viloyati hokimi.
Biografiyasi Ergash Alibekovich 1978-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan va 1981-yilgacha Belarus davlat universiteti aspiranti boʻlgan. 1982—1991-yillarda Toshkent politexnika institutida assistent, dotsent va kafedra mudiri, 1992-yilgacha Toshkent davlat texnika universitetida dotsent lavozimlarida ishlagan. 1992-1995-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy ishlar boʻyicha prorektor oʻrinbosarihttps://jizzax.uz/rahbariyat/, 1997-yilgacha Toshkent biznes inkubator texnologiyasi bosh direktori lavozimida ishlagan.
1997—2000-yillarda Jizzax viloyati davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi, 2000—2012-yillarda esa Jizzax viloyati Paxtakor tumani hokimi lavozimlarida ishlaganhttps://jizzax.uz/rahbariyat/. 2012-yilda Jizzax davlat politexnika instituti rektori boʻldi.
2016—2017-yillarda Ergash Alibekovich Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan va 2017-yilda ushbu lavozimda Ulugʻbek Uzoqov oʻrniga Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Mukofatlar 2005-yilda u "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston senatorlari Turkum:Jizzax viloyati hokimlari