Raya va soʻnggi ajdarho () 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan, Walt Disney Animation Studios mahsuloti boʻlgan fentezi va sarguzasht janridagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. Film Disney studiya tomonidan ishlab chiqarilgan 59-toʻliq hajmli filmdir. Filmga Don Hall va Carlos López Estrada rejissorlik qilishgan, ssenariyni esa Qui Nguyen va Adele Lim yozishgan. Bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Kelly Marie Tran, Awkwafina, Izaac Wang, Gemma Chan, Daniel Dae Kim, Benedict Wong va Sandra Oh kirishadi. Syujeti 500 yil muqaddam sehrli Kumandra oʻlkasida odamlar bilan ajdarlar — yaratuvchilar va suv qoʻriqchilari yonma-yon yashagan. Druun paydo boʻlishi bilan tinch hayot tugaydi. Zulmat maxluqlari odamlarni va ajdarlarni tosh haykalga aylantiradi va faqat Sisuning sehri yovuz jonzotlarni haydab, odamlarni sehrdan xalos boʻlishlariga yordam berdi, lekin bu sehr ajdarlarga taʼsir qilmaydi. Kumandra Yurak, Qoziqtish, Tirnoq, Umurtqa va Quyruq nomli davlatlarga boʻlingan boʻlib, sehrli ajdaho toshi Rayaning otasi hukmdor boʻlgan Yurak mamlakatida saqlanar edi. Otasi mazkur davlatlarni birlashtirishni orzu qilardi, lekin insonning ochkoʻzligi va hasadi tufayli sehrli tosh parchalanib ketadi. Har bir mamlakatning hukmdori undan bir parcha oladi va druunlar yana hukmronlik qila boshlaydilar.
Bir necha yil oʻtgach, Raya va uning sodiq hamrohi Tuk Tuk qoʻrqmasdan kuydirilgan choʻl boʻylab sayohatga chiqishadi, qolgan daryolarni izlash va dronlarni magʻlub etishda odamlarning oxirgi umidi boʻlgan soʻnggi ajdarhoni topish umidini yoʻqotmaydilar.
Ovoz berganlar Qahramon Asl dublyajRaya and the Last Dragon (2020) — Full Cast & Crew, Qaraldi: 28-avgust 2019-yil. Oʻzbekcha dublyajRayaKelly Marie TranSisuAwkwafinaBounIzaac WangNamaariGemma ChanBenjaDaniel Dae KimTongBenedict Wongjunge NamaariJona XiaoViranaSandra Ohkleine NoiThalia TranDang HuLucille SoongTuk TukAlan Tudyk#2Gordon IpGeneral AtitayaDichen LachmanOberhaupt von SchweifPatti HarrisonChaiJon ParkDang HaiSung KangHändlerinSierra KatowOberhaupt von KammRoss ButlerWahnFrançois Chau#1Paul Yen
Soundtrack Manba: Lead the Way Prologue Young Raya and Namaari Betrayed Search for the Last Dragon Into the Shipwreck Enter the Dragon Fleeing from Tail Captain Boun Journey to Talon Sisu Swims Dragon Graveyard Escape from Talon Noi and the Ongis Being People Is Hard Spine Showdown Running on Raindrops Plans of Attack Brothers and Sisters The Meeting Storming Fang The Druun Close In Return The New World
Manbalar
Havolalar
Turkum:2021-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:2021-yil multfilmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:COVID-19 pandemiyasi sababli premyerasi qoldirilgan filmlar Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Fentezi filmlar Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:2021-yil 3D-filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:Don Hall filmlari Turkum:Carlos López Estrada filmlari