„Mening yulduzim“, toʻliq nomi „Mening yulduzim: Sheʼrlar“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2018-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga shoir turli yillarda yozgan 56 sheʼr, shu jumladan, „Kamtarlik haqida“, „Mening yulduzim“, „Oʻzbegim“, „Nido“, „Tirik sayoralar“, „Sharqiy qirgʻoq“, „Yaxshidir achchiq haqiqat“, „Inson“ va „Qumursqalar jangi“ sheʼrlari kiritilgan.

Toʻplam nomi shu nomli sheʼr nomidan olingan. 1964-yilda shoirning ilk sheʼriy toʻplamlaridan biri ham „Mening yulduzim“ nomi bilan chop etilgan. 2000-yil ham ayni nomli qisqa toʻplami lotin yozuvida bosilib chiqqan.

Manbalar

Turkum:Erkin Vohidov sheʼriy toʻplamlari