Said Muhammadxon — (1823-1864), Xorazm (Xiva xonligida) oʻzbeklarning Qoʻngʻirot sulolasidan boʻlgan hukmdor. 1856-1864-yillarda hukmronlik qilgan.
1856-yilda Xiva xonligida hokimiyatga Muhammad Rahimxon I oʻgʻli Said Muhammadxon (1856-1864) keldi. U davlatni tartibga solib, ko'chmanchi qabilalarning hujumlarini oldini oldi.
Said Muhammadxon davrida Rossiya imperiyasi, Usmonli imperiyasi, Eron va Afgʻoniston bilan diplomatik aloqalar saqlanib turdi. 1858-yilda Rossiya elchisi N.P.Ignatiev Xivaga tashrif buyurdi. 1863-yilda Said Muhammadxon taniqli sayyoh Arminius Vamberini qabul qildi.
Said Muhammadxon davrida Xivada Koʻrinishxona qurilgan. Bu yillarda tarixchi Ogahiy Xorazm tarixini yozdi. Xorazmning taniqli odamlari orasida bastakor, xattot, rassom Komil Xorazmiy (1825-1899) boʻlgan.
Manbalar
Adabiyotlar Gulomov KH. G., Diplomaticheskiye otnosheniya gosudarstv Sredney Azii s Rossiyey v XVIII — pervoy polovine XIX veka. Tashkent, 2005 Gulyamov YA. G., Istoriya orosheniya Khorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957 Istoriya Uzbekistana. T.3. T.,1993. Istoriya Uzbekistana v istochnikakh. Sostavitel' B. V. Lunin. Tashkent, 1990 * Istoriya Khorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976
Turkum:Xiva xonligi hukmdorlari Turkum:Qo‘ng‘irotlar