Tamar Chugoshvili (; 11-avgust 1984-yilda tugʻilgan) — gruziyalik siyosatchi, 2016-yil noyabridan esa Gruziya parlamentining birinchi vitse-spikeri. U „Gruziya orzusi — Demokratik Gruziya“ partiyasining tashqi ishlar kotibi hamda siyosiy kengashi aʼzosi hisoblanadiGeorgian Biographical Dictionary.
Taʼlimi 2006-yilda Chugoshvili Ivane Javakhishvili nomidagi Tbilisi davlat universitetida huquqshunoslik boʻyicha magistr darajasini oldi. 2014-2015-yillarda u Harvard universitetining Kennedy nomidagi maktabda tahsil olgan.
Shuningdek, u bir qator stipendiyalar va maxsus kurslarda qatnashgan, bularga quyidagilarni kiritish mumkin: Ayollarning siyosatdagi ishtiroki, „Harvard maydonidan Oval ofisgacha“ (2014-yil oktyabr — 2015-yil may) va hokazo. Ish faoliyati
2010-yildan 2012-yilgacha Chugoshvili Gruziya yosh huquqshunoslar assotsiatsiyasining raisi vazifasini bajargan. Xuddi shu yilda, u 32 ta nodavlat notijorat tashkilotlaridan tashkil topgan Mustaqil va shaffof sud hokimiyati koalitsiyasining raisi hamda dan oshiq nodavlat tashkilotlardan tashkil topgan Fuqarolik jamiyati milliy platformasi boshqaruv kengashining aʼzosi edi.
2013-2014-yillarda Chugoshvili Gruziya Bosh vazirining inson huquqlari va gender tengligi masalalari boʻyicha yordamchisi vazifasini oʻtadi. Xuddi shu yilida u Yevropa Ittifoqining Gruziyadagi huquqiy va konstitutsiyaviy islohotlar va inson huquqlari boʻyicha maxsus vakili Thomas Hammarberg uchun koordinator sifatida xizmat qildi.
Chugoshvili Gruziya inson huquqlari siyosati, inson huquqlari strategiyasi va harakatlar rejasiga doir ilk hujjat muallifi ham hisoblanadi. 2016-yildan buyon Chugoshvili „Gruziya orzusi — Demokratik Gruziya“ partiyasining tashqi ishlar kotibi. U 2016-yil noyabr oyida Gruziya parlamentining aʼzosi va birinchi vitse-spikeri etib saylandi hamda shu vaqtdan buyon parlamentning gender tenglik kengashi raisi, parlamentdagi Amerika Qoʻshma Shatlari va Isroilning parlamentdagi fraksiyalari raisi,Parliament SS 2019 gʻaznachilar kengashining raisi, Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasidagi doimiy parlament delegatsiyasi rahbari, EKPA Sotsialistlar, Demokratlar va Yashillar guruhi raisining oʻrinbosari va Ayollar global siyosiy liderlar forumining elchisi boʻlib ham faoliyat yuritganThe First Deputy Chairperson of the Parliament of Georgia — Biography.
Eʼtirof etilishi Transparency International Georgia — Chugoshvili Gruziyada gender tengligini yaxshilash yoʻllariga qoʻshgan ulkan hissasi uchun 2018-yilda Transparency International Georgia tomonidan eʼtirof etildiEfficiency of the Parliamentary activity further increasing.
USAID — Chugoshvili 2019-yil mart oyida „Amerika Qoʻshma Shtatlari xalqaro taraqqiyot agentligi“ (; USAID) tomonidan Gruziyada gender tengligini yaxshilash tashabbuslariga qoʻshgan ulkan hissasi uchun faxriy yorliqqa sazovor boʻldiThe Certificate of Recognition awarded to Tamar Chugoshvili for her outstanding contribution in gender equality.
Manbalar
Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Gruziyalik siyosatchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Siyosatchi ayollar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar