Imagine Dragons — amerikalik pop rok guruh. Imagine Dragons 2008-yil, Las Vegas, Nevadada tashkil topgan, guruh asosiy ijrochi Dan Reynolds, gitarist Wayne Sermon, basschi Ben McKee va barabanchi Daniel Platzman dan iborat. Guruh dastlab xalq eʼtiboriga „Itʼs Time“ qoʻshigʻi orqali tushgan, shundan keyin debyut albomi boʻlgan Night Visions (2012) mukofotni ham qoʻlga kiritgan, natijada „Radioactive“ va"Demons" qoʻshiqlari musiqiy chartlarda birinchi oʻrinda turdi. „Radioactive“ deb nomlanganRolling Stone qoʻshigʻi Billboard Hot 100da hafta davomida eng koʻp yangragan xit qoʻshiq sifatida rekord oʻrnatgan va „Yilning eng katta rok xit qoʻshigʻi“ nomini olgan. MTV ularni „yilning eng katta kashfiyoti“ deb atagan, va Billboard esa ularni „2013-yilning muhim kashfiyoti“ va „2017-yilning eng yirik guruhi“ deb nomlagan, va ularni 2013-yildagi „Rok yillari“ qatorining eng yuqorisiga joylashtirgan, 2017, bu 2018-yilda ham takrorlangan. Imagine Dragons guruhi Billboardning yil oxirida „Top Artistlar — Duo/Guruhi“ kategoriyasiga 2018-yilda kiritilgan.
Guruhning ikkinchi albomi Smoke + Mirrors (2015) ham AQSH, Kanada va Birlashgan Qirollikda birinchi oʻringa chiqib olgan. Bunday mashhurlik ularning uchinchi albomida Evolve (2017)ham takrorlangan, natijada esa musiqiy chartlarda yuqori oʻrinda turadigan 3 nafar qoʻshiq: „Believer“, „Thunder“, va „Whatever It Takes“ paydo boʻlgan. Bu albom koʻp davlatlarda uzoq vaqt top 5 talikda turgan. Guruhning toʻrtinchi albomi boʻlgan Origins (2018)dagi „Natural“ qoʻshigʻi the Hot Rock Songs chartidan oʻrin olgan 5-qoʻshiqqa aylandi. Garchi guruhning barcha albomlari moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatli boʻlsada, tanqidchilarning yondashuvlari har xil. Ular beshinchi albomini Mercury – Act 1 nomi bilan 2021-yil 3-sentyabrda tayyorlashgan va undan keyin Mercury – Act 2 nomli keyingisi 2022-yil 1-iyulda havola etilgan va deyarli bir xil munosatda kutib olingan.
Imagine Dragons American Music Awards mukofotini 3 martta, Billboard Music Awards 9 martta, Grammy Award 1 martta, MTV Video Music Award 1-martta, va World Music Award ni 1-martta qoʻlga kiritgan. 2014-yil may oyida, 14- Billboard musiqiy mukofotiga nomzod sifatida tanlangan hamda Yilning top artisti va turli janrlarda ijod qiluvchi sanʼatkorlarning innovatsiyaga boyligi va ijodkorligini qolab quvvatlovchi Milestone Award nominatsiyalari gʻolibiga aylangan. 2018-yilning aprel oyida, ular 11-martta Billboard Musiqiy sovriniga ega boʻlgan.
Imagine Dragons dunyo boʻylab 75 million nusxada albomlarini sotishgan, bu esa ularni eng talabgor guruhlardan biriga aylantirgan va ular dunyo boʻyicha bestseller albom ijodkorlari roʻyxatiga kiritilgan- world’s best-selling music artists. Ular 2018-yilda Spotify da eng koʻp tinglangan guruh boʻldi, yaʼni guruhning „Radioactive“, „Demons“, „Believer“, va „Thunder“ qoʻshiqlarining har biri platformada 1 milliarddan ortiq martta tinglandi, bundan tashqari RIAA tarixida birdaniga 4 qoʻshigʻi Olmosdan ham yuqoriroq darajada sertifikatlangan yagona rok guruhi boʻldi. Billboard xabariga koʻra, „Believer“, „Thunder“, va „Radioactive“ 2010 yillardagi eng yaxshi qoʻshiqlr uchtaligi deb baholandi.
Tarixi 2008–2011: dastlabki yillar 2008 yilda, bosh ijrochi Dan Reynolds barabanchi Andrew Tolman ni Brigham Young University da uchratib qoladi, oʻsha vaqtda ikkisi ham talaba edilar. Reynolds va Tolman Andrew Beck, Dave Lemke, va Aurora Florence ni guruhda gitara, bass va pianino chalishlari uchun qabul qiladi. Ularning guruhining nomi guruhning aʼzolarigagina tanish boʻlgan iboraning anagramma si va bu nomni Reynolds aytishi boʻyicha guruhning barcha aʼzolari qoʻllab quvvatlagan.„Imagine Dragons: The Billboard Cover Story“. Billboard, December 7, 2013 by Ray Waddell Oʻsha yilda MySpace platformasiga yozib olingan 5 ta demo yuklanadi ammo Beck va Florence keyinroq oʻsha yili guruhni tark etadilar. 2009-yilda, Tolman uzoq yillik maktabdosh doʻsti Berklee College of Music ni tamomlagan Wayne Sermon ni gitara chalish uchun guruhga ishga oladi. Tolman keyinchalik turmush oʻrtogʻi Brittany Tolmanni ham guruhga zaxira qoʻshiqchisi sifatida qabul qiladi, shunday qilib guruh shoular uyushtirishni boshlaydi. Lemke biroz muddatdan keyin guruhni tark etadi, Sermon yana bir Berklee talabasi, Ben McKee ni guruhga basschi sifatida qabul qiladi va guruh tamoman tashkil topadi. Guruh oʻz tashkil topgan shahrida Provo, Utah koʻp muxlislar orttiradi, keyinchalik ular Dan Reynolds ning ona shaxri Las Vegas ga koʻchishadi, oʻsha shaxarda ular 3 ta kichik albomni yozib olishadi.
Ular 2009-yil 1-sentyabrda Imagine Dragons nomi bn EP(extended play)-4-5 qoʻshiqdan iborat albom tayyorlashadi, 2010-yil 10-martda esa Hell and Silence yana bir EP tayyorlanadi, ularning ikkisi ham Las Vegasdagi Battle Born Studios da yoziladi. Itʼs Time deb nomlangan 3-EPni 2011-yil 12-martda tayyorlaganlaridan 6 oy oʻtib, 2011-yil 12-martda Interscope Records bilan shartnoma imzolanadi.
Guruh oʻzining dastlabki omma oldida chiqishiga Train ning asosiy ijrochisi Pat Monahan 2009-yildagi Las Vegas Festivalidan biroz avval kasal boʻlib qolgani sabab boʻladi. Imagine Dragons ularni oʻrniga festivalga chaqiriladi va 26,000 ming tomoshabinlarga qoʻshiq kuylashadi. „Best CD of 2011“ (Vegas SEVEN), „Best Local Indie Band 2010“ (Las Vegas Weekly), „Las Vegas' Newest Must See Live Act“ (Las Vegas CityLife), Vegas Music Summit Headliner 2010, va yana bir nechta mahalliy musiqiy mukofot tashkilotlari guruhga nisbatan iliq fikrlar bildirishgan. 2011-yil noyabrda, ular Interscope Records bilan shartnoma tuzishadi va Grammy mukofotini qoʻlga kiritgan ingliz pradyuseri Alex da Kid bilan hamkorlikni boshlashadi. Biroz vaqt oʻtib, Tolman va ayoli guruhni tark etadi. Barabanchi Daniel Platzman va klaviaturachi Theresa Flaminio McKee tomonidan 2011-yil guruhga qabul qilinadi. Flaminio esa Interscope bilan boʻlgan shartnoma vaqtida guruhdan chiqib ketadi va gurhda 4 ijrochi qoladi.
2012–2014: Night Visions Guruh Alex da Kid bilan yaqindan hamkorlik qiladilar, va natijada oʻzlarining dastlabki yirik premyerasini West Hollywood, California dagi Westlake Recording Studios da yozadilar. Continued Silence deb nomlangan EP 2012-yil 14-fevralda online ommaga havola etiladi va Billboard 200 da 40-oʻrinni egallaydi. Bundan tashqari, Hear Me deb nomlangan albom ham 2012-yilda yoziladi.
Biroz muddatdan soʻng, „Itʼs Time“ qoʻshigʻi tinglovchilarga yetkaziladi va Billboard Hot 100 da 15-oʻringa chiqadi. Ushbu qoʻshiq klipi esa 2012-yil 17-aprelda MTV da qoʻyiladi va natijada MTV Video Music Award „Best Rock Video“ kategoriyasi boʻyicha nominatsiyasi qoʻyiladi. „Itʼs Time“ RIAA tomonidan 7× platinum bilan sertifikatlangan.
Guruh oʻzining Night Visions deb nomlangan debyut albomini 2012-yilning yozida Palms Casino Resort ning ichida joylashgan Studio X da tayyorlashadi va uni 2012- yil 4- sentyabrda AQSH da taqdimotini uyushtirishadi. Bu albom Billboard 200 chartda № 2 oʻrinni egallaydi va sotish boshlanishing birinchi haftasida 83,000 nusxada sotiladi, bu esa 2006-yildan beri debyut albomlar oʻrtasidagi eng yuqori koʻrsatkich edi. Bundan tashqari, bu albom Billboardda Alternative va Rock chartlarida № 1 oʻrinda turgan. Faqatgina AQSHda emas balki Avstraliya, Avstrya, Kanada, Germaniya, Irlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Shotlandiya, Ispaniya, va Birlashgan Qirollik musiqiy chartlarida ham bu albom kuchli oʻntallikka kirgan. Billboard Music Award da Top Rock Album sifatida eʼtirof etilgan hamda Juno Award for International Album of the Year mukofotiga ham nomzodi koʻrsatilgan.
Ushbu albomda joylashgan ikkinchi qoʻshiq „Radioactive“ Billboard Alternative Songs kategoriyasida , Billboard Rock Songs, va „Swedish singles“ chartida No. 1 oʻringa chiqqan, AQSHda 14 million martta sotilgan, bu esa qoʻshiqni online shaklda eng koʻp sotilgan bestseller nomini bergan. Bundan tashqari ushbu qoʻshiq Billboard Hot 100 ruknida eng koʻp qoʻyilgan qoʻshiq hisoblanib, The Weeknd ning „Blinding Lights“ qoʻshigʻi 2021-yilda rekordni yangilamagunicha 87 hafta davomida qoʻyilgan. „Radioactive“ qoʻshigʻi boʻlsa 'the Hot Rock Songs' chartida rekord darajada 23 hafta 1-oʻrinda turgan va natijada 2013-yilda oʻsha janrdagi eng mashhur hit sifatida yodga olinadi.Lipshutz, Jason. „Record Of The Year“. Billboard 125.50 (Jan. 2014): 20. Print. U qoʻshiq 'Nielsen SoundScanʼ listidagi online shaklda sotilgan tarixdagi eng yaxshi rok qoʻshiqlari turkumiga kiradi. 2013-yilning oxiriga kelib, „Radioactive“ 3 million nusxadan ortiqroq sotilgan. Rolling Stone uni „yilning eng yirik rok hit qoʻshigʻi“ deb nomlagan. Bundan tashqari u AQSH Spotify da eng koʻp yuklangan qoʻshiq boʻlgan. U 56th Annual Grammy Awards marosimida Grammy Award for Record of the Year va Grammy Award for Best Rock Performance nominatsiyasi boʻyicha qatnashdi va 2ta mukofotni qoʻlga kiritdi. „Radioactive“ning sekinlashtirilgan shaklini guruh ijrochilari „M.A.A.D City“ tadbirida repper Kendrick Lamar bilan birglikda ijro etishgan. „Radioactive“ ning remiks varianti esa Lamar tomonidan qoʻshilgan yangi soʻzlar bilan keyingi kuni yozilgan va 2014-yil 1-fevraldagi Saturday Night Live epizodida kuylangan.
3-qoʻshigʻi boʻlgan „Demons“ Billboard 'Pop Songs' kategoriyasida 1-oʻrinda, Billboard Hot 100 da esa 6-oʻrinni egalladi va shu oʻrinni 6 hafta egallab turdi. 2021-yilda, RIAA eʼlon qilishi boʻyicha ushbu qoʻshiq AQSHda bu guruhning olmos darajasidagi 3-qoʻshigʻi. 4-qoʻshigʻi „On Top Of The World“ Billboard Hot 100 da 79-oʻringa chiqdi va ushbu chartda 20 hafta turdi.
Diskografiya Night Visions (2012) Smoke + Mirrors (2015) Evolve (2017) Origins (2018) Mercury — Act 1 (2021) Mercury — Acts 1 & 2 (2022) Loom'' (2024)
Manbalar
Havolalar
Tyler Robinson Foundation Official — Imagine Dragons (YouTube)
Turkum:Alternative rock guruhlar Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari