thumb|Smartfondagi Instagram fotosuratlar almashish ilovasi Mobil ilova () — maʼlum bir platforma (iOS, Android, Windows Phone va boshqalar) uchun ishlab chiqilgan smartfonlar, planshetlar va boshqa mobil qurilmalarda ishlashga moʻljallangan dastur. Koʻpgina mobil ilovalar qurilmaning oʻzida oldindan oʻrnatiladi yoki ularni App Store, Google Play va boshqalar kabi onlayn dastur doʻkonlaridan bepul yoki pullik yuklab olish mumkin.

Dastlab, mobil ilovalar elektron pochtani tezda tekshirish uchun ishlatilgan, ammo ularning yuqori talablari boshqa sohalarda ham kengayishiga olib keldi, masalan, mobil telefon va GPS oʻyinlari, suhbatlashish, video tomosha qilish va Internetdan foydalanish.

Ushbu atama 2007-yildan beri juda mashhur boʻlib, 2010-yilda Amerika Dialektik Jamiyati tomonidan „Yil soʻzlari“ roʻyxatiga kiritilgan.

Mobil ilovalar bozori bugungi kunda juda rivojlangan va barqaror oʻsib bormoqda. Statista prognozlariga koʻra, 2020-yilda mobil ilovalar sanoatining yillik yalpi daromadi $189 milliarddan oshadi.

Mobil ilovalar yaratish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish mumkin.

Ilova turlari Mobil saytlar; veb-ilovalar; gibrid ilovalar; mahalliy (native) ilovalar.

Mobil dastur yaratish Mobil dasturlar turli xil dasturlash tillarida (Java; PHP/JavaScript; ActionScript; Swift va Objective-C) yoziladi. Ilova yaratish jarayonida bir necha bosqichlardan oʻtadi.

Birinchi qadam. Ilova nima uchun moʻljallanganligini va qanday vazifalarni bajarishini aniqlang. Ikkinchi qadam. Muhandislik va dizayn. Uchinchi qadam. Ishlab chiqish jarayoni. Toʻrtinchi qadam. Sinov. Beshinchi qadam. Monitoring.

Tibbiy maqsadlarda foydalanish

2016-yilga kelib dunyoda 260 mingdan ortiq tibbiy mobil ilovalar mavjud edi. Smartfon dasturlari yordamida oʻpka funksiyasining asosiy parametrlarini oʻlchash (buning uchun mikrofonga nafas chiqarish kifoya), yurak urishini kuzatish hamda mikrofluidli ilovalar orqali qon yoki boshqa tana suyuqliklarini tahlil qilish mumkin. Shuningdek, qurilma oftalmoskop sifatida ham qoʻllanilishi mumkin, maxsus koʻshimcha (nozul) yordamida esa uni otoskopga aylantirish imkoniyati mavjud.

Manbalar