FreeBASIC — Sintaksisi boʻyicha QuickBASICga eng yaqin boʻlgan yuqori darajadagi dasturlash tili, shuningdek uning uchun kompilyator (FreeBASIC Compiler). Boshida kompilyator Microsoft QuickBasicning erkin alternativasi sifatida yaratilayotgan edi, lekin tez fursatda yangi imkoniyatlarga ega boʻldi va kuchli dasturlash vositasiga aylandi. Garchi birinchi versiyalari Visual Basicda yozilgan boʻlsada, endi u oʻzini oʻzi kompilyatsiya qila oladi.
Kompilyator QBasic va FreeBASIC kodni 32 va 64-bit Win32, DOS (himoyalangan rejimda) va Linux x86 modullariga kompilyatsiya qiladi.
Assemblerlash va tarkiblash GNU Binutils yordamida amalga oshiriladi.
Kompilyator GNU GPL shartlari tarqatiladi, standart biblioteka esa — GNU LGPLda.
Bir nechta dasturlash muhiti mavjud, tuzatgich sifatida GNU Debuggerni ishlatish mumkin (shuningdek gprof ham qoʻllanadi).
Til Kompilyator QuickBasic bilan mos kelishiga qaramasdan, zamonaviy talablarga, standartlarga mos kelishi uchun hamda C/C++da yozilgan biblioteka va APIga mos kelishi uchun FreeBASIC tiliga koʻp kengaytma va imkoniyatlar qoʻshilgan. 0.17 versiyasida boshlab foydalanuvchi kompilyatsiya qilishning uchta tartibdan birini tanlashi mumkin (-lang sozlanmasi): QuickBASIC (qb) bilan, FreeBASICning eski versiyalari bilan (deprecated) moslik tartibi va barcha oxirgi oʻzgarishlar va imkoniyatlarni oʻz ichiga oluvchi standart tartib (fb).
Yangi imkoniyatlar va kengaytmalar Yunikodni qoʻllanishi. Oʻzgaruvchilarning koʻpchilik oʻrnatilgan turlari (Byte, UByte, Short, UShort, Integer, UInteger, LongInt, ULongInt, Single, Double, Boolean, String, ZString, WString). Foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan maʼlumotlar turi (cheksiz solinish, Union, maydon turi (array, function, bit fields)). Nomfazolar. Sanaladigan tur (Enum). Massivlar bilan ishlashda yangi imkoniyatlar (2 GB oʻlchamgacha, Redim Preserve). Koʻrsatkichlar (ixtiyoriy maʼlumotlar turiga koʻrsatkichlar, cheksiz bilvosita murojaat qilish). Funksiya va operatorlarni qayta yuklash. Funksiyalarning majburiy boʻlmagan argumentlari. Oʻrnatilgan assembler (dastur manba kodida assembler instruksiyalari). Preprotsessorlar. Typedefs. Sinflarning konstruktor va destruktorlari. Kengaytirilgan grafik bibliotekasi.
Amaliy dasturlash funksiyalari bibliotekalarini qoʻllab-quvvatlashi Interfeyslar yaratish: GTK, FLTK, IUP, WINAPI va b. Muntazam ifodalar: PCRE IE va Microsoft Office avtomatizatsiyasi: Disphelper Ovoz: BASS, fbsound, FMOD va b. Grafika: Сairo, FreeType, Allegro, DevIL, FreeImage, DISLIN va b. PDF yaratish: CD, LibHaru Maʼlumotlar bazasi: mysql, sqlite, postgresql Tarmoq: Curl va b. Arxivlar: Zlib, libzip va b.
Dasturlar misollari
Hello, World! FreeBASICning oʻrnatilgan bibliotekasini ishlatgan holda: Print "Hello, World!"
C standart bibliotekasini ishlatgan holda: #Include "crt.bi"
puts(!"Hello, World!\n")
Windows APIni ishlatgan holda: #Include "windows.bi"
MessageBox(Null, "Hello, World!", "Message", MB_OK)
Obyektga moʻljallangan dasturlash ' Vektor sinfi Type Vector W As Integer H As Integer Declare Constructor(nW As Integer, nH As Integer) End Type
Constructor Vector(nW As Integer, nH As Integer) W = nW H = nH End Constructor
' Obyekt yaratish uchun sinf Type AObject Private: X As Integer Y As Integer Movement As Vector Pointer Public: ' Tashqarida koʻrinadigan metodlar, konstruktor va destruktor bilan birga Declare Constructor(nX As Integer, nY As Integer) Declare Destructor() Declare Sub SetMotion (Motion As Vector Pointer) Declare Sub Move() Declare Property GetX As Integer End Type
' Boshlangʻich qiymatlarni oʻrnatish Constructor AObject(nX As Integer, nY As Integer) X = nX Y = nY End Constructor
' Xotirani boʻshatish Destructor AObject() Delete Movement End Destructor
' Vektorni oʻrnatish Sub AObject.SetMotion(Motion As Vector Pointer) Movement = Motion End Sub
' Obyektni vektor boʻyicha koʻchirish Sub AObject.Move() X += Movement->W Y += Movement->H End Sub
' Tashqaridan ruxsat berilmagan X koordinatasini qaytaradi Property AObject.GetX As Integer Return X End Property
' Dasturning haqiqiy boshlanish joyi
' Sinf nusxasini koordinatalar (100, 100) bilan yaratish Dim Player As AObject = Type<AObject>(100, 100)
' Vektorni boshlangʻich qiymatlar bilan yaratish (-10, 5) va obyekt oʻrnini koʻchirish Player.SetMotion(New Vector(-10, 5))
' Obyektni koʻchirish Player.Move()
' X koordinatasini olamiz va konsolga chiqaramiz Print Player.GetX
' «Player» obyekti destruktori, qachonki obyekt koʻrinish zonasini tark etganda chaqiriladi ' «Player» mahalliy oʻzgaruvchi boʻlgani uchun destruktor avtomatik chaqiriladi
'Ixtiyoriy tugmacha bosilishini kutamiz Sleep
Izoh
Yana qarang QB64
Manbalar FreeBASIC Manual
Havolalar
Rus tilidagi sayt Rus tilidagi forum
IDE FBIde — FreeBASIC uchun IDE FbEdit — FreeBasic uchun yana bir IDE WinFBE - Windows uchun zamonaviy FreeBASIC IDE VisualFBEditor — FreeBASIC uchun IDE
Turkum:Basic Turkum:Kompilyatorlar Turkum:Basic kodi misollari bor maqolalar Turkum:Erkin kompilyatorlar va interpretatorlar