Said Azim Shirvoniy (9 iyul 1835 — 20 may 1888) — Ozarbayjon shoiri va XIX asrning ma'rifatparvariSeyid Əzim Şirvani. Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7 maydagi 211-sonli qarori bilan Seyid Azim Shirvanining asarlari Ozarbayjon Respublikasida davlat mulki deb e'lon qilingan mualliflar roʻyxatiga kiritilgan .
Hayoti Said Azim Shirvoniy 1835-yil 10-iyulda Shamaxi shahrida tugʻilgan. Said Azim Shirvoniy haqida ilk maʼlumot A.Zaxarov tomonidan berilgan. Qayd etib oʻtish lozimki, 1977-yilgacha Said Azimning toʻliq tarjimayi holi yozilmagan Yetti yoshida otasi Said Muhammad vafot etgani sababli u onasining himoyasida yashaydi. Bu vaqt Said Azimning ona tomondan bobosi Mulla Husayn Dogʻistonning Yaqsay qishlogʻida yashar edi. U qizini va nabirasini yoniga olib keladi. Oʻgʻli boʻlmagani sababli u kichkintoy Azimga oʻz farzandidek mehr beradi va ziyrak, qobil bola boʻlgan nabirasiga katta eʼtibor qaratadi. Said Azim ilk taʼlimini Dogʻistonda oladi. U bu yerda ozarbayjon (turk), fors va arab tillarini oʻrganadi. A.Zaxarovning yozishicha, Dogʻistonda yashagan davrida Said Azim bir necha Dogʻiston tillarini ham oʻrgangan..
Dogʻistonda Said Azim 10 yildan ortiq qoladi. 1853-yilda 18 yoshida u onasi Gulsum xonim bilan birga Shamaxiga qaytadi. XIX asrning 50-yillarida Ozarbayjonda, shu jumladan, Shamaxi shahrida madaniy-maʼrifiy sohada eskilik, sxolastika hali kuchda edi; Sharqning diniy markazlariga ziyoratga borish, diniy taʼlim olish, „hoji“, „karbaloyi“ boʻlish anʼanasi davom etardi. Ana shunday sharoitda Said Azimning diniy taʼlim olish, diniy oʻchoqlarning ziyoratiga borish niyatida boʻlishini ham tasodif deb hisoblamaslik lozim. Shu sababli 20 yoshida Said Azim „takmili ulum“ maqsadida Iroqqa boradi. Bir necha yil Bagʻdodda yashagach, u Shomga koʻchadi.
Vatanga qaytib, bir muddat Shamaxida yashagandan soʻng Said Azim ikkinchi marta yana safarga chiqadi. Bu safar Makka va Madinadan oʻtib, Misrga, Qohira shahriga boradi. Yoshligida, asosan, diniy-sxolastik fanlarni oʻrgangan Said Azim keyinchalik bundan pushaymon boʻlgan va oʻz pushaymonini 1877-yilda salyanlik shayxulislom Mulla Ahmadga yozgan manzumasida ochiqchasiga bildirgan.
Said Azimning onasining ismi Gulsum edi. Said Azim 19 yoshida onasining tanishi Mashadi Mavsumning qizi Jayron xonim ismli qizga uylanadi. 1856-yilda Said Azimning oʻgʻli Mirjaʼfar tugʻiladi. Said Azimning Mirjaʼfardan (1866-1938) tashqari Hojar xonim (1866-1938) va Said Fotima xonim (1882-1934) ismli qizlari ham boʻlgan. 1964-65-yillargacha Said Azimning na onasi, na ayoli, na qizlarining ismlari maʼlum emas edi. Bu haqida Fotima xonimning oʻgʻli, Said Azimning 57 yoshli nabirasi Muhammad Ahmadov Sodiq Husaynovga maʼlumot bergan.
XIX asrning 70-yillarida shoir oʻgʻli Mirjaʼfarni oʻqishi uchun onasi bilan birga Bokuga joʻnatadi. 1875-yilda oʻgʻliga yozgan maktubdan maʼlum boʻladiki, Mirjaʼfar onasi bilan amakisining yonida yashagan ekan. 1876-yilda Zardobiga yozgan maktubida esa ona bilan oʻgʻil oʻsha yilning boshlarida Bokudan Shamaxiga qaytishgani maʼlum boʻladi. 1859-yil 30-mayda Shamaxi shahrida zilzila boʻlgan va zilzila shahar aholisiga katta zarar yetkazgan. Zilziladan Said Azimning oilasi ham katta ziyon koʻrishgan.
Pedagogik faoliyati
1830-1858-yillar orasida Shusha, Nuxa, Boku, Ganja, Naxchivon va Shamaxi shaharlarida yangi tipli maktablar ochildi. Bu maktablarda ozarbayjon, arab, fors va rus tillari oʻrgatilardi.
1869-1870-yillarda Said Azim Shamaxida yangi usul bilan „Majlis“ nomli maktab ochgan. Said Azimning bu maktabida eski mullaxonalardan farqli ravishda oʻquvchilarga ozarbayjon, rus, fors tillari oʻrgatilar va zamonaviy fanlardan boshlangʻich maʼlumot berilardi.
Ozarbayjonning taniqli shoiri Mirza Alakbar Sobir, mashhur yozuvchi va pedagog Sulton Majid Gʻanizoda va bir qator boshqa yozuvchilar aynan uning maktabida taʼlim olganliklari tasodif emas.
Kavkazorti taʼlim doirasi Said Azim Shirvoniyning maorif sohasidagi xizmatlarini eʼtiborga olib, 1886-yilda uni kumush medal bilan taqdirlashgandi. Uzoq muddat maʼlum boʻlmagan bu hujjatning asl nusxasi Ozarbayjon SSR Ichki ishlar vazirligining arxivida saqlangan. Taxminan 1966-yilda Ozarbayjon SSR Ichki ishlar vazirligi arxivlar idorasi raisi M. Shakinskiy ushbu hujjatni 1880-1890-yillarning nufuzli roʻyxati papkasining orasidan topib, chop ettirish uchun „Ozarbayjon muallimi“ gazetasi redaksiyasiga bergan.
Said Azim maktabi haqida rasmiy va aniq maʼlumotni 1889-yilda Poti shahrida Mingrel shahar maktabining muallimi A.Zaxarov „Narodnoe obuchenie u Zakafkazskix tatar“ nomli katta maqola yozgan. A Zaxarovning yozishicha, Said Azim bu maktabni 18 yildan beri boshqarib keladi. U (Said Azim) fors, arab va bir necha Dogʻiston lahjalarini ham biladi. Uning maktabida 33 nafar oʻquvchi oʻqiydi; bulardan 12 nafari haftada 15 qapik, 9 nafari 20 qapik va 12 nafari 25 qapik taʼlim haqqi berishadi, bu esa jami 6 manat 60 qapik boʻladi. Said Azim bir necha yil ana shu tarzda dars bergandan soʻng, tarjima qilgan (Saʼdiyning „Guliston“ va „Boʻston“ asarlaridan baʼzi parchalarni ozarbayjon (turk) tiliga tarjima qilgan — Elnur) asarlarini va oʻz sheʼrlarini toʻplab, „Majmuai-asari-Hoji Said Azim Shirvoniy“ nomli dars kitobini tuzgan.
Said Azim ushbu darslikning qoʻlyozmasi shaklida oʻsha vaqtlar Goriy seminariyasining tatar shoʻbasi mudiri A.O. Chernyayevskiyga joʻnatgan va A.O.Chernyayevskiy ham bu kitobdan bir necha hikoya olib, oʻzi tuzgan „Vatan tili“ darsligida chop ettirgan. Said Azimning vafotidan keyin uning oʻgʻli muallim Mirjaʼfar bir vaqtlar otasining maktab oʻquvchilari uchun tayyorlagan va qoʻlyozma shaklida boʻlgan materiallarni yigʻib, nizomga solidi va 1895-yilda Tabriz shahrida tosh bosma bilan bir kitob chop etadi.
Ushbu kitobdan muayyan vaqt mullaxonalarda va mahalla maktablarida darslik sifatida foydalanilgan. Said Azim barcha moddiy va maʼnaviy qiyinchiliklarga qaramay, 18 yildan ortiq oʻz maktabida muallimlik qilgan. Va nihoyat, bir tomondan mavhumotchilar va dindorlarning turli bahonalar bilan unga qarshi hujumga oʻtishlari, boshqa tomondan esa oʻsha vaqt Shamaxida davlat tomonidan ochilgan shahar maktabining taʼsiri natijasida bora-bora ushbu maktab oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻldi. Said Azim esa Shamaxida ochilgan ushbu shahar maktabiga oʻqituvchi etib tayinlanadi, umrining oxirigacha oʻsha yerda Ozarbayjon tili va adabiyoti darslarini oʻtgan. Said Azimning „Majmuai-asari-Hoji Said Azim Shirvoniy“ nomli dars kitobidan boshqa „Tojul kutub“ nomli darslik ham yozgan. Bu darslikka shoirlardan va turli adabiy manbalardan qilgan tarjimalarni ham kiritgan
Ijodi Said Azimning ilk sheʼrlarining yozilish sanalari qayd etilmagani tufayli uning ijodi qaysi yillardan boshlangani nomaʼlum. Faqat baʼzi sheʼrlaridan („Baytussafo shoirlariga maktubi“ Nasriddin shohga hajvi va b.) uning 1860-yillar boshlarida tajribali shoir boʻlgani koʻrinib turadi.
Said Azim Shirvoniy asarlari 1920-yilgacha besh marta chop etilgan. 1895-yil Tbilisi, 1895-yil Tabriz (ehtimol, Tabriz nashri 1895-yildan biroz muddat keyinroqqa tegishli boʻlishi ham mumkin), 1897-yil Tabriz, 1902-yil Boku va 1912-yil Tabriz nashrlari. Said Azim Shirvoniy asarlari 1920-yildan soʻng boshqa tillarga ham tarjima qilinib yoyilgan. 1926-yilda uning asarlarining oz qismi arman tiliga tarjima qilinib, kitob shaklida va 1961-yilda rus tilida chop etilgan.
Said Azim Shirvoniyning „Koʻpakka ehson“ satirasining qisqacha mazmuni shunday: Boy hojining iti oʻladi. Hoji uni Islom dinining qonun-qoidalariga muvofiq qabristonda dafn qiladi. Bu hodisadan bir mulla xabar topadi. Mulla hojiga laʼnat oʻqiydi va hoji yashagan uyga keladi. Mullaning kelganidan xabar topgan hoji podasidan ellik qoʻyni ajratadi. Mulla qoʻy gapini eshitishi bilan oʻz fikrlaridan voz kechadi. Bu asar xalqaro syujetli asar boʻlish bilan birga, Ozarbayjon hayoti va maishati bilan chambarchas bogʻliq original tafakkur mahsulidir. Dunyo adabiyotida ham bunday asarlar bor. Masalan, italyan yozuvchisi Pojo Brachcholinining (1380-1459) „Itni dafn etgan ruhoniy“ nomli latifasi bor. XIII asr fransuz satiriki Ryutbefin „Eshakning vasiyati“ nomli satirasini ham aytish mumkin.
Bir muhim qaydni ham koʻrsatish maqsadga muvofiq deb hisoblayman. A. Haqberdiyev „Mirza Fatali Oxundovning hayoti va faoliyati“ nomli maqolasida M. Oxundovning Said Azim Shirvoniy bilan aloqalaridan gapirib, „Mirza oʻsha vaqtning mashhur shoirlari — Zokir va Said Azim bilan doʻst boʻlgan va maktublashib turishardi“ deb taʼkidlagan. M.F.Oxundov bilan Q.Zokir orasida doʻstlik aloqalarini tasdiqlovchi faktlar keng va adabiy jamiyatimizga anchadan beri maʼlum. Lekin Mirza Fatali va Said Azim Shirvoniyning shaxsiy tanishligi haqida hech qanday hujjatga duch kelinmaydi. A. Haqverdiyevning M.F. Oxundov bilan Said Azimning shaxsiy doʻstligi va yozishmalari haqiqatga yaqin fakt boʻlsa-da, ehtimol boʻlib qolaveradi. Faqat Oxundovning asar va maqolalari bilan Said Azimning tanishligi „Ekinchi“ vositasi bilan boʻlgan.
Asarlari She'rlari Obid va quruq bosh suyagi Dunyoda mening ovozim bor Olimning ishi Olimning zolim podshoga qilgan javobi Doʻstingizning xatiga javob bering Xatga javob berish (Bir paytlar hiyni-hurram) Xatga javob bering (Doʻsti-girami, sizga salomlar) Bir kishining doʻsti Johil ota va bilimli oʻilning hikoyasi Choʻpon haqidagi hikoya Tilanchi va qaysar Azuddudovla oʻgʻlining kasalligi Yosh mast va dindor Ziyoratchilar va mullalarning hikoyasi Xom ashyo taqdiri Horun va shoirlar hikoyasi Hatem sarguzashtlari Haj ibodati bilan darveshning suhbati Hazaran, minnatdorchilik bildiradigan, shaxsiy fikrli odam Hikoya (Omiros nomli shifokor davri) Hikoya (Kiyik juda issiq edi) Hamadaning qozisi Hamadan qishlogʻining tarixi Donolik Aleksandr davrida ikkita shifokor Iskandarning hikoyasi (Aytishlaricha, bir kun Iskandar) Iskandarning hikoyasi (Aleksandr bir kun safarga chiqdi) Aleksandrning irodasi Korun hikoyasi Logmanning sotishi Logmanning hikoyasi (Roviylar shunday dedilar) Logmanning hikoyasi (Roviylar shunday dedilar) Logmanning hikoyasi (Lojman toʻrt ming yil yashadi) Talaba va oʻqituvchi haqidagi hikoya Harflar qatorlari Mamun va uning xizmatkori Mir Ja'farga (Jafar, mening kuyovim) murojaat qilish Mir Ja'farga (Jafar, mening gulbargim) Mir Ja'farga murojaat qiling (ey oʻgʻlim, bilingki, Rabbimizning inoyati) Masalan Mulla va choʻponning hikoyasi Mujtahidning ta'limdan qaytishi Nazimning bayonoti Nushirava ovga boradi Oʻgʻlimga (Jafar, mening tomogʻim) Oʻgʻlimga nasihat (Bil, ey aziz Farzona) Oʻgʻlimga nasihat (Jafar, ey barakot xudosi) Oʻgʻlimga maslahat (Jafar, ey Nuri-dideyi-Sayyid) Oʻgʻlimga maslahat (Jafar, xizmatkorim) Oʻgʻlimga maslahat (Jafar, ey mening kasal badanimning xunukligi) Oʻgʻlimga maslahat bering (ey oʻgʻlim, u sizning otangiz ekanligini biling) Oʻgʻlimga maslahat (oʻgʻlim, bu oson emas) Oʻgʻlimga nasihat (ogoh boʻling, ey aziz Farzona) Oʻgʻlimga murojaat (Jafar, ey qulay ota) Oʻgʻlimga murojaat qiling (ey oʻgʻlim, agar u olim boʻlsa, Rabboniy) Oʻgʻlimga murojaat (oʻgʻlim, talaba boʻlma) Oʻgʻri va kambagʻal Oʻgʻri hikoyasi Eslatma (oʻgʻlim, bilingki, odam befoyda) Eslatma (oʻgʻlim, hamma narsadan ehtiyot boʻl) Qirol va bogʻbon Qirol va yozuvchi Kampir va oʻgʻri Oshqozon mushuk Oshqozonning azizi Riyakar abid Sodda xizmatkor Talabalar oʻqituvchini aldaydilar Shah va dehqon Shahbaz aka ahmoqona gaz Sanjan Shahning orzusi Shayxulislom Mulla Ahmad Qulning Sulton bilan boʻlgan voqeasi Xon va dehqon Xalifa va Bahlul Xayriya qilganning hikoyasi Uyqu chiroyli Yerdagi odamlarning osmonga shikoyatlari
Tamsillari
Ayiq va sichqon Arslon va ikkita buqa Sher va chumolining hikoyasi Birgalikda ketayotgan tuya va eshak Tuyalar va qullar Eshaklar va asalarilar Gaz va kran Sichqoncha va kuchukcha Sichqonlar va mushuklar Sulaymon va qargʻa Xoʻroz va chakalak haqida hikoya It va mushuk oʻrtasidagi suhbat
Qazallari