Salvatore Schillaci (; 1-dekabr 1964-yilda tugʻilgan — 18-sentyabr 2024) – odatda Totò Schillaci nomi bilan tanilgan, italiyalik professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. Klublardagi faoliyati davomida Schillaci Messina (1982—1989), „Juventus“ (1989—1992), „Internasionale“ (1992—1994) va Jubilo Ivata (1994—1997) klublarida oʻynagan.
Terma jamoa miqyosda Schillaci 1990-yilgi FIFA Jahon chempionatining kutilmagan yulduzi boʻlgan. Salvatore turnir davomida Italiya terma jamoasiga oʻz mezbonligada oʻtgan mundialda uchinchi oʻrinni egallashida katta xizmat qilgan. Italiyaning birinchi oʻyinida zahiradan tushgan Shillaci jahon chempionati davomida oltita gol urgan va turnirning eng yaxshi toʻpurariga beriladigan „Oltin butsa“ qoʻlga kiritgan. Musoboqaning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan „Oltin toʻp“ tanlovida birinchi egallagan boʻlsa, Lothar Matthäus ikkinchi va Diego Maradona uchinchi oʻrinni egallaganSalvatore Schillaci Statistics FIFA. Retrieved 25 January 2010.. Oʻsha yili Salvatore 1990-yilgi „Oltin toʻp“ sovrinida ham Matteusdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan.
Terma jamoadagi faoliyati Milliy terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 1990-yili oʻtkazgan. Shu vaqtga qadar u milliy terma jamoa safida 16ta oʻyinda ishtirok etib kelgan. 1990-yilgi Jahon chempionati musobaqalari ishtirokchisi hisoblanadi.
Shaxsiy hayot va oʻlim Shillasining jiyani Francesco Di Mariano va amakivachchasi Antonio Maurizio Schillaci ham professional futbol oʻynashgan. Ikki marta uylangan va uch farzandi bor edi. Salvatore oʻzini Rim-katolik deb hisoblagan.
Schillaciga 2022-yilda yoʻgʻon ichak saratoni tashxisi qoʻyilgan. 2024-yil sentyabr oyida u atriyal aritmiya bilan kasalxonaga yotqizilgan. Schillaci 2024-yil 18-sentyabr kuni ertalab 59 yoshida vafot etdi. Milanning „Inter“ klubi Schillaciga hurmat koʻrsatib: „U 90-yillarda Italiyaning Sehrli kechalarida butun xalqni orzu qilishga majbur qilgan“ degan bayonot bergan.
Statistika +Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollarTerma jamoaYillarOʻyinlarGollarItaliya1990126199141Jami167
Hisob va natijalar birinchi navbatda Italiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
№SanaJoyRaqibHisobNatijaMusoboqa11990-yil 9-iyunStadio Olimpico, Rim1–01–0FIFA Jahon chempionati 199021990-yil 19-iyunStadio Olimpico, Rim1–02–0FIFA Jahon chempionati 199031990-yil 25-iyunStadio Olimpico, Rim1–02–0FIFA Jahon chempionati 199041990-yil 30-iyunStadio Olimpico, Rim1–01–0FIFA Jahon chempionati 199051990-yil 3-iyulStadio San Paolo, Naples1–0FIFA Jahon chempionati 199061990-yil 3-iyulStadio San Nicola, Bari2–12–1FIFA Jahon chempionati 199071991-yil 5-iyunUllevaal Stadion, Oslo1–21–2UEFA Yevro-1992 saralashi
Manbalar
Havolalar
Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:2024-yilda vafot etganlar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:ACR Messina futbolchilari Turkum:Juventus F.K. oʻyinchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Júbilo Iwata futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Serie C futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1990 oʻyinchilari Turkum:Italiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Yaponiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar