thumb|191x191px
Shahlo Nasimovna Mahmudova — 1991-1992-yillarda faoliyat yuritgan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri.
Toshkent viloyatining Pskent tumanida tug‘ilgan. Toshkent to‘qimachilik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1969 yilda Toshkent to‘qimachilik kombinatida boshlagan. Указ Президента Республики Узбекистан. О назначении Махмудовой Ш.Н. министром иностранных дел Республики Узбекистан. 16.09.1991. // Правда Востока. – 1991.18.09. – №. 183. – С.1.
1972 yilda komsomol-partiya ishlarida faoliyat yurita boshlagan. Dastlab Toshkent shahri Frunze rayoni komsomol tashkilotining birinchi kotibi, so‘ngra O‘zbekiston LKSM kotibi, Kirov rayon partiya qo‘mitasining birinchi kotibi, KPSS MQ mas’ul tashkilotchisi, Toshkent viloyat partiya qo‘mitasining ikkinchi kotibi lavozimlarini egallagan.
1991 yilning 16 sentyabrida mustaqil O‘zbekistonning birinchi tashqi ishlar vaziri etib tayinlanganУказ Президента Республики Узбекистан. О назначении Махмудовой Ш.Н. министром иностранных дел Республики Узбекистан. 16.09.1991. // Правда Востока. – 1991.18.09. – №. 183. – С.1.. 1992 yilda iste’foga chiqqanidan so‘ng, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida, shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ishlagan.
1990 yilda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari
Turkum:Oʻzbekistonlik diplomat ayollar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar