Louis Nirenberg () (1925-yil 28-fevralda tugʻilgan) — amerikalik-kanadalik matematik. Nirenberg qisman differensial tenglamalar nazariyasiga, xususan, bunday tenglamalarning kompleks tahlil va geometriyada tatbiq qilinishiga salmoqli hissa qoʻshganYau, Shing-Tung. Perspectives on geometric analysis. Surveys in differential geometry. Vol. X, 275–379, Surv. Differ. Geom., 10, Int. Press, Somerville, MA, 2006.. Nirenberg XX asrning eng iqtidorli matematiklaridan biri hosoblanadiCaffarelli, Luis A.; Li, YanYan. Preface [Dedicated to Louis Nirenberg on the occasion of his 85th birthday. Part I]. Discrete Contin. Dyn. Syst. 28 (2010), no. 2, i–ii. doi:10.3934/dcds.2010.28.2i. Olim 2015-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan.
Nirenberg Kanadaning Hamilton shahrida tugʻilgan, Montreal shahrida ulgʻaygan. Nirenberg 1945-yili McGill universitetida fizika va matematika fanlaridan bakalavr darajasini olgan. 1949-yil New York universitetida James Stoker rahbarligida PhD darajasini olgan. Shuningdek, unga 2010-yilda Britaniya Columbiasi universitetidan faxriy fan doktori ilmiy darajasi berilgan.
Nirenberg Gagliardo–Nirenberg interpolatsiya tenglamasi muallifi oʻlaroq tanilgan boʻlib, ushbu tengsizlik elliptik qisman differensial tenglamalarni yechishda qoʻl keladi. Olim, shuningdek, John-Nirenberg maydoni oʻlaroq maʼlum boʻlgan cheklangan oʻrta qiymat tebranishi funksiyalari boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Bu funksiyalardan elastik materiallar xususiyatlarini hamda qimor oʻyinlari natijalarini oʻrganishda qoʻllanadi.
Manbalar
Havolalar Louis Nirenbergning New York universitetidagi sahifasi Louis Nirenberg haqida Simons jamgʻarmasi tayyorlagan video
Turkum:2020-yilda vafot etganlar Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:21-asr amerikalik olimlari Turkum:Abel mukofoti sovrindorlari Turkum:Kanadalik matematiklar