Stanislav Konstantinovich Smirnov () (1970-yil 3-sentyabrda tugʻilgan) — rossiyalik matematik. Smirnov perkolatsiya va Ising modeli boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Xususan, uch burchakli toʻrdagi perkolatsiyalar uchun Cardy formulasini isbotlab bergan. 2010-yil Fields medali bilan taqdirlangan.

Smirnov 2003-yildan beri Geneva universitetida professor boʻlib ishlaydi. 2012-yil Rossiya aʼlim va fan vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi aʼzosi etib saylangan. 2013-yildan beri Academia Europaea akademiyasi aʼzosi.

Smirnov matematika va fizika fanlarini chuqur oʻrgatiluvchi 239-sonli maktabni tamomlagan. Beshinchi sinfdan boshlab u Sergey Rukshin boshchiligidagi toʻgarakda matematikani oʻrgangan. 1986–1987-yillarda maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida SSSR terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Ikkala olimpiadada ham barcha topshiriqlarga toʻgʻri javob berib, 100 % natija koʻrsatgan va ikki marta oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Xalqaro olimpiada gʻolibi sifatida Sankt-Peterburg davlat universitetining matematika va mexanika fakultetiga imtihonsiz qabul qilingan, uni 1992-yilda bitirgan. Ilmiy rahbari Viktor Xavin boʻlgan. Smirnov Sankt-Peterburg davlat universitetini tamomlagandan soʻng, Nikolay Makarov tomonidan California texnologiya institutida aspiranturaga taklif qilingan va u yerda 1996-yilda Ph.D darajasini olgan. U Yale universitetida malaka oshirgan, Princetondagi Perspektiv tadqiqotlar institutida va Bonndagi Max Planck matematika institutida ishlagan. Smirnov keyinchalik Stockholmdagi Qirollik texnologiya institutida ishlagan, Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasida ilmiy xodim boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Fields medali sovrindorlari