Paul Joseph Cohen () (2-april 1934-yil — 23-mart 2007-yil) — amerikalik matematik. Cohen kontinuum-gipotezasi hamda tanlov aksiomasi Zermelo–Fraenkel sistemasidan mustaqil ekanligini isbotlagan. Fields medali (1966) va AQSh Milliy fan medali (1967) bilan taqdirlangan.
Cohen polshalik yahudiy muhojirlar oilasida tugʻilgan. Brooklyn shahrida oʻsgan va oʻsha yerda oʻqishni boshlaganMacintyre, A.J. "Paul Joseph Cohen" , London Mathematical Society. Accessed March 3, 2011. "Cohen's origins were humble. He was born in Long Branch, New Jersey on 2 April 1934, into a Polish immigrant family.".. U 1953-yilda Chicago universitetiga oʻqishga kirgan. 1961-yil Stanford universitetida ilmiy va pedagogik faoliyatini boshlagan va u yerda 2004-yilgacha ishlagan. Cohen umrining soʻnggi oylarigacha oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
Cohen oʻzining turli xil qiziqishlari bilan boshqalardan ajralib turgan. U ingliz, shved, fransuz, ispan, nemis va yahudiy tillarida soʻzlasha olgan. Pianino va skripka chalishni bilgan. Stanford universiteti xorida va shved folklor guruhida qoʻshiq kuylagan.
Cohen Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasi (1967) va Amerika falsafiy jamiyati (1972) aʻzosi boʻlgan.
Manbalar
Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:21-asr amerikalik olimlari Turkum:Fields medali sovrindorlari