Rapunzel () Chris Sonnenburg va Shane Pigmore yaratgan Amerika animatsion teleserialidir. 2017-yilning 10-martida birinchi marta Disney Channel telekanalida efirga uzatilgan va hozirgacha shu telekanalda efirga uzatilinib kelinadi. Oʻzbekistonda serial Bolajon telekanalida efirga uzatilgan.
Mazmuni Serial oʻgay onasi Gotheldan ozod boʻlib, oʻzining haqiqiy ota-onasi — qirol Frederic va qirolicha Ariannani topgan malika Rapunzelning doʻstlari — Eugen Fitzherbert, Pascal, Maximus va Cassandra bilan birgalikda boshdan kechirgan sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.
Asosiy qahramonlar Rapunzel (Mandy Moore ovoz bergan) — uzun sochga ega malika. Eugene (talaffuzi: Yujin; Zachary Levi ovoz bergan) yoki Flynn Rider (talaffuzi: Flin Rayder) — yaxshi tomonga oʻzgargan oʻgʻri. Rapunzel’ning yigiti. Cassandra (talaffuzi: Kassandra; Eden Espinosa ovoz bergan) — Rapunzel’ning eng yaqin doʻsti. Pascal va Maximus (Dee Bradley Baker ovoz bergan) Pascal (talaffuzi: Paskal) — xameleon. Maximus (talaffuzi: Maksimus) — oq rangli tulpor. Qirol Frederic (Clancy Brown ovoz bergan) — Corona mamlakati qiroli va Rapunzel’ning otasi. Qirolicha Arianna (Julie Bowen ovoz bergan) — Corona mamlakati qirolichasi va Rapunzel’ning onasi.
Qismlar
Oʻzbekistonda namoyishi Rapunzel animatsion teleseriali Oʻzbekistonda Bolajon telekanalida efirga uzatilgan.
Relizi Tangled: Short Cuts „Checkmate“ (5-may, 2017) „Prison Bake“ (12-may, 2017) „Make Me Smile“ (19-may, 2017) „Hare Peace“ (26-may, 2017) „Night Bite“ (25-iyun, 2018) „Hiccup Fever“ (7-iyul, 2018) „Snowball“ (4-avgust, 2018) „Hairdonʼt“ (20-avgust, 2018) „Unicorn-y“ (23-avgust, 2018)
Manbalar
Havolalar
Turkum:2010-yillar teleseriallari Turkum:2010-yillar animatsion teleseriallari Turkum:AQSh teleseriallari Turkum:AQSh animatsion teleseriallari Turkum:Disney Channel dasturlari Turkum:Ingliz tilidagi televizion shoular Turkum:2020-yillar teleseriallari Turkum:2020-yillar animatsion teleseriallari Turkum:Disney animatsion teleseriallari