Rango 2011-yilda ekranlarga chiqqan, Paramount Pictures tomonidan ishlab chiqarilgan va tarqatilgan komediya janridagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. Kartina Gore Verbinski tomonidan suratga olingan boʻlib, ssenariynavis — John Logandir. Film hamproduserlari Verbinski, Graham King va John B. Carls, filmdagi qahramonlarga ovoz berganlar Johnny Depp, Isla Fisher, Bill Nighy, Abigail Breslin, Alfred Molina, Harry Dean Stanton, Ray Winstone, Timothy Olyphant, Stephen Root va Ned Beattydir. Ushbu multfilm yangi sherifga muhtoj boʻlgan Dirty shaharchasiga tasodifan kelib qolib, sherifga aylangan Rango ismli xameleon haqida hikoya qiladi.

Rango multfilmi Oscarning „Eng yaxshi toʻliq hajmli animatsion film“ nominatsiyasiga loyiq topilgan.

Ovoz berganlar Johnny Depp — Rango Isla Fisher — Beans Abigail Breslin — Priscilla Ned Beatty — toshbaqa John Alfred Molina — Roadkill Bill Nighy — Jake ismli shaqildoq ilon Harry Dean Stanton — Balthazar Ray Winstone — Bad Bill Timothy Olyphant — Stephen Root — Doc ismli quyon Beth Grant — Bonnie Maile Flanagan — Boo Nika Futterman — Akiano Alanna Ubach — Boo, Cletus, Fresca va Miss Daisy James Ward Byrkit — Waffles John Cothran Jr. — Elgin Gil Birmingham — Wounded Bird Chris Parson — Kinski Claudia Black — Angelique Ryan Hurst — Jedidiah

Saundtrek Film musiqasi Hans Zimmer tomomidan bastalangan boʻlib, qoʻshiqnavis va aktyor Rick Garcia, lotin rock guruhi Los Lobos va hardcore punk/industrial guruhi Lard ham ishtirok etishgan.

Manbalar

Havolalar . WebCitation arxivi.

Rango Nickelodeonʼda

Turkum:2011-yil filmlari Turkum:2011-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Paramount Pictures filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:Nickelodeon Movies filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:2011-yil 3D-filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:Gore Verbinski filmlari