Shisha () — 2019-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda M. Night Shyamalan tomonidan suratga olingan triller janridagi superqahramonlar haqida boʻlgan AQSh filmidir. Film Unbreakable (2000) va Split (2016) filmlarining davomi hisoblanadi. Shuningdek, film yulduzlari Bruce Willis, Samuel L. Jackson, Spencer Treat Clark, Charlayne Woodard, James McAvoy va Anya Taylor-Joy.

Shisha filmi premyerasi Amerika Qoʻshma Shtatlarida 18-yanvar 2019-yilda, 20-yanvar 2019-yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtdi. Film mablagʻi $20 millionni tashkil etib, kartina dunyo boʻylab $246.9 million daromad topishga muvaffaq boʻldi.

Syujeti Split filmi voqealaridan soʻng, David Dunn Kevin Wendel Crumbening „The Beast“ nomli superqahramoniga duch keladi. Undan keyin Elijah Pricening shubhali ishtiroki bilan birgalikdagi ushbu hodisalar ikkala qahramon uchun ham muhim sir boʻlib qoladi.

Rollarda Samuel L. Jackson roli Elijah Price / Janob Shisha James McAvoy roli Kevin Wendell Crumb / The Horde Bruce Willis roli David Dunn / The Overseer Sarah Paulson roli Dr. Ellie Staple Anya Taylor-Joy roli Casey Cooke Spencer Treat Clark roli Joseph Dunn Charlayne Woodard roli Mrs. Price Adam David Thompson roli Daryl Luke Kirby roli Pierce

Daromad Shisha filmi Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanadada $110.5 million va boshqa mamlakatlarda $135.5 million daromad topishga muvaffaq boʻldi. Jami daromadi $246.9 ($246,985,576) million boʻlib, film mablagʻi $20 million hisoblanadi. Shuningdek, film AQSh va Kanada mamlakatlarida 3,841 ta film teatrlarida namoyish qilindi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2019-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Universal Pictures filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh dahshatli filmlari Turkum:AQSh triller filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:IMAX filmlari