Bekobod () — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan.ПОСТАНОВЛЕНИЕ КАБИНЕТА МИНИСТРОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН 13.03.2009 г. N 68 О ДОПОЛНИТЕЛЬНЫХ МЕРАХ ПО СОВЕРШЕНСТВОВАНИЮ АДМИНИСТРАТИВНО-ТЕРРИТОРИАЛЬНОГО УСТРОЙСТВА НАСЕЛЕННЫХ ПУНКТОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Tuman markazidan 13 km uzoqlikda joylashgan. Yaqin temir yo'l bekati Chortoq tumanida joylashgan bo'lib 35 km masofada. Qishloqqa bundan 300 yil muqaddam bu yerga ko'chib kelgan Saidbobo va Saidkalon Termiziylar asos solishgan. Qishloq ularning sharafiga shunday nomlangan. Maydoni 2430 gektarni tashkil etadi. Aholisi 5191(2010 - yil), qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanadi. Bekobodning yerlari past tekislik va adirlik, tuprog'i bo'z-sariq, bahorda tez-tez sel bo'lib turadi. Bekobodsoy suvi, ichki buloqlar va yer osti suvlaridan ta'minlanadi.

Manbalar Abdulla Jabbor, "Namangan viloyati", 2011.

Turkum:Yangiqoʻrgʻon tumani Turkum:Namangan viloyati shahar tipidagi aholi punktlari