Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi, Karel-Fin SSR (; ) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1940-yilda tashkil topgan. 1956-yil Karel Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi nomi bilan Rossiya SFSR tarkibiga kiritilgan. Karel-Fin SSR poytaxti Petrozavodsk shahri boʻlgan.
1991-yil Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin, 13-noyabrda Karel Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Kareliya Respublikasi nomli federal subyekt oʻlaroq Rossiya Federatsiya tarkibiga kiritildi. Ayrim manbalarda Sovet Kareliyasi yoki shunchaki Kareliya deb yuritiladi.
Tarixi IX—XII asr boshida Karel-Fin SSR hududi Kiyev Rusiga, XII asrdan Novgorodga qarashli boʻlgan. 1478-yil Rus davlatiga qoʻshib olingan. XIII—XVII asrlarda shvedlar bir necha marta bostirib kirgan. XVII asr boshida Kareliyaning shvedlar bosib olgan qismini 1721-yil Rossiya qayta egallagan.
Kareliyada sovet hokimiyati 1917-yil noyabr – 1918-yil aprelda oʻrnatilgan. 1920-yilning 8-iyunida Rossiya SFSR tarkibida Kareliya mehnat kommunasi tashkil etilgan. 1923-yilning 25 iyulida Mehnat kommunasi Kareliya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi. 1940-yilning 31-martida esa avtonom respublika Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi nomi bilan toʻlaqonli sovet respublikasiga aylantirildi. Ammo 1956-yilning 16-iyulida respublika qaytadan Kareliya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Kareliya hududining katta qismini fashistlar Germaniyasi okkupatsiya qilib turgan.
1991-yil Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin, 13-noyabrda Karel Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Kareliya Respublikasi nomli federal subyekt oʻlaroq Rossiya Federatsiya tarkibiga kiritildi.
Manbalar
Turkum:Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi Turkum:Sovet Ittifoqi respublikalari Turkum:Sobiq sotsialistik respublikalar