Maxluqlar universiteti (inglizcha: Monsters University) — 2013-yilda Walt Disney Pictures va Pixar Animation Studios studiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan Amerika 3D kompyuter-animatsion komediya filmi. Shuningdek, film prikveli 2001-yilda ishlangan Maxluqlar Jamiyati animatsion filmi hisoblanadi.
Maxluqlar universiteti filmining premyerasi Amerika Qoʻshma Shtatlari va Oʻzbekistonda 21-iyun 2013-yilda boʻlib oʻtdi. Film mablagʻi $200 million boʻlib, kartina dunyo boʻylab $744 milliondan ortiq daromad koʻrdi. Shuningdek, film bu daromadi orqali 2013-yildagi yettinchi yuqori daromadli film boʻldi. Maxluqlar Universiteti filmi teatrlarga chiqqandan soʻng, qisqa muddat ichida 2013-yilning kuzida Party Central qisqa hajmli animatsion filmi, undan keyin 2014-yilda esa Muppets Most Wanted filmi teatrlarda namoyish qilina boshladi.
Manbalar
Havolalar
Rasmiy University sayti
Turkum:2013-yil filmlari Turkum:2013-yil 3D-filmlari Turkum:2013-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh dahshatli filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Dan Scanlon filmlari