Madagaskar 3 (; asl tarjimasi: Madagaskar 3: Yevropaning eng koʻp qidirilayotganlari) 2012-yili chiqarilgan sarguzasht va komedik janrdagi kompyuter-animatsion filmdir. DreamWorks Animation tomonidan ishlangan va Paramount Pictures tomonidan tarqatilgan. Film Madagaskar haqidagi turkum filmlarning uchinchisi va soʻnggisi boʻlib, bundan avval Madagaskar 2 (2008) filmi chiqarilgandi. Film rejissorlari — Eric Darnell, Conrad Vernon va Tom McGrath. Ssenariy mualliflari — Darnell va Noah Baumbach. Film bosh qahramonlariga Ben Stiller, Chris Rock, David Schwimmer, Jada Pinkett Smith, Sacha Baron Cohen, Cedric the Entertainer, Andy Richter, McGrath, Jessica Chastain, Bryan Cranston, Martin Short va Frances McDormand ovoz berishgan.
Syujeti Birinchi film voqealaridan soʻng, pingvinlar — Skipper, Kowalski, Rico va Zobit hamda shimpanzelar — Mason va Phil Afrikadan Monte Carlo tomon oʻzlarining takomillashgan uchogʻi orqali joʻnab ketishadi. Ular qaytmasligidan ranjigan arslon Alex doʻstlari — zebra Marty, jirafa Melman va begemot Gloriani pingvinlarni topib, ular yordami bilan New York shahridagi Markaziy hayvonot bogʻiga qaytishga ishontiradi. Ular Madagaskardagi limur doʻstlari boʻlmish qirol Julien, Maurice va Mort hamrohligida Monte Carlodagi bir kazinoda pingvinlarni va shimpanzelarni topishadi. Shaharda tartibsizlik kelib chiqar ekan, hayvonlar bazorgʻa Alexning boshini oʻzining taksedermiya kolleksiyasiga qoʻshishni maqsad qilgan shafqatsiz ofitser — Chantel DuBois qoʻlidan qutilib qolishadi.
Hayvonlar uchoq orqali New York tomon parvoz qilishar ekan, uchoq nosozlik ortidan qulaydi. Endi koʻzlangan manzilga qanday qilib yetib borish haqida boshi qotgan jamoa koʻchma sirkga duch keladi va oʻzlarini sirk hayvonlari deb tanishtirib, ularga qoʻshilib oladi. Sirk hayvonlaridan boʻlmish dengiz arsloni Stefano, urgʻochi yaguar Gia va yoʻlbars Vitaly ularning sirk hayvonlari ekanligiga shubha bilan qaraydi, shu paytda esa Alex ularga oʻzlarini goʻyoki Amerika sirki hayvonlari, deb yolgʻon soʻzlaydi. Sirk Rimda tomosha oʻtkazadi, keyin Londonda tomosha oʻtkazishlari kerak boʻlib, agarda ularning tomoshasi promouterga yoqsa, sirk Amerikada turnega joʻnab ketish imkoniyaga ega boʻladi. Sirk hayvonlari ulardan shubha qilmasliklari uchun pingvinlar sirkni sotib olishadi. Rimda Alex Giaga, qirol Julien esa urgʻochi ayiq Sonyaga maftun boʻlib qoladi. U yerda, DuBois qirol Julien va Sonyani taʼqib etadi, ammo qoʻlga ola olmaydi va shaharda tartibsizlarni yuzaga keltirgani uchun hibsga olinadi.
Ovoz berganlar
Ben Stiller — Alex, arslon va Gianing yoqtirgani. Chris Rock — Marty, zebra va Alexning eng yaqin doʻsti. David Schwimmer — Melman, jirafa, Alexning doʻsti va Glorianing yoqtirgani. Jada Pinkett Smith — Gloria, begemot, Alexning doʻsti va Melmanning yoqtirgani. Sacha Baron Cohen — qirol Julien XIII, lemur (Madagaskarda limurlar qiroli) Cedric the Entertainer — Maurice, aye-aye va qirol Julien XIII ning maslahatchisi Andy Richter — Mort, lemur va qirol Julien XIII ning hamrohi Tom McGrath — Skipper, pingvin Frances McDormand — kapitan Chantel DuBois, Animal Control lideri. Jessica Chastain — Gia, italyan yaguari va Alexning yoqtirgani. Martin Short — Stefano, italyan dengiz arsloni. Bryan Cranston — Vitaly, rus yoʻlbarsi va koʻchma sirkning sobiq superyulduzi Chris Miller — Kowalski, pingvin va Skippernibg oʻng qoʻli. Christopher Knights — Zobit, pingvin John DiMaggio — Rico, pingvin Frank Welker — Sonya, Yevrosiyo qoʻngʻir ayigʻi Paz Vega — Andaluziya uch egizagi (Esmeralda, Esperanza va Ernestina) Conrad Vernon — Mason, shimpanze Vinnie Jones — Freddie laqabli it Steve Jones — Jonesy laqabli it Nick Fletcher — Frankie laqabli it Eric Darnell — Comandante, Zoo Official va Zoo Announcer Dan OʻConnor — New York shahri meri Danny Jacobs — Croupier va shprexshtalmeyster
Yutuqlar Mukofot Toifa Nomzod Natija ASCAP Award Eng sara boks-ofis filmlar Hans Zimmer Teen Choice Awards Movie Voice Chris Rock rowspan=13 Yoz filmi: Komediya/Myuzikl Madagascar 3Annie Awards Animated Effects in an Animated Production Jihyun Yoon Character Design in an Animated Feature Production Craig Kellman Production Design in an Animated Feature Production Kendal Cronkhite-Shaindlin, Shannon Jeffries, Lindsey Olivares, Kenard Pak Storyboarding in an Animated Feature Production Rob KooSatellite Award Motion Picture, Animated or Mixed Media Madagascar 3 Eng yaxshi original qoʻshiq „Love Always Comes as a Surprise“ – Peter Asher & Dave Stewart Critics' Choice Movie Awards Eng yaxshi animatsion film Eric Darnell, Tom McGrath va Conrad Vernon Kids' Choice Awards Sevimli animatsion filmMadagascar 3 Favorite Voice from an Animated Movie Ben Stiller Chris Rock
Musiqasi
Komiks Film asosida komiks ham chiqarilib, Madagascar Digest Prequel: Long Live the King!, deb nomlandi. Komiks 2012-yil 12-iyunda Ape Entertainment tomonidan chiqarildi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2012-yil filmlari Turkum:2012-yil 3D-filmlari Turkum:2012-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:DreamWorks Animation filmlari Turkum:DreamWorks Pictures filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:Paramount Pictures filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Hayvonlar haqidagi animatsion filmlar Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:Sarguzasht filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:Conrad Vernon filmlari Turkum:Tom McGrath filmlari Turkum:2012-yil kinokomediyalari