Tomb Raider 2018-yilda ekranlarga chiqarilgan jangari-sarguzasht janrdagi AQSh filmidir. Metro-Goldwyn-Mayer, Warner Bros. Pictures, GK Films va Square Enix studiyalari tomonidan ishlangan. Film rejissori — Roar Uthaug. Ssenariy mualliflari Geneva Robertson-Dworet va Alastair Siddons, Evan Daugherty va Robertson-Dworet yozgan hikoyaga asoslanishgan. Film gʻoyasi 2013-yilda chiqarilgan shu nomli videooʻyinga asoslangan. Kartina Tomb Raider filmlar seriyasidagi uchinchi filmdir. Film bosh qahramoni otasining nega yoʻqolib qolganini aniqlash maqsadida xatarli sayohatga yoʻl olgan Lara ismli qiz boʻlib, bu personaj Alicia Vikander tarafidan jonlantirilgan.
Tomb Raider filmi premyerasi Birlashgan Qirollikda 14-noyabr 2018-yilda, AQShda esa 16-noyabr 2018-yilda boʻldi. Kinoteatrlarda RealD 3D, IMAX 3D, IMAX va 4DX formatlarida namoyish etildi. Film tanqidchilar tomonidan aralash baholandi. Rollarda Alicia Vikander — 21 yoshli Lara Croft Maisy De Freitas — 7 yoshli Lara Emily Carey — 14 yoshli Lara Dominic West — Lord Richard Croft, Laraning otasi. Walton Goggins — Mathias Vogel, arxeolog. Daniel Wu — Lu Ren Kristin Scott Thomas — Ana Miller Derek Jacobi — janob Yaffe Hannah John-Kamen — Sophie, Laraning doʻsti Nick Frost — Alan Jaime Winstone — Pamela, Alanning rafiqasi
Oʻzbekcha dublyaj Film oʻzbek tiliga „Favvora“ film studiyasi tomonidan oʻgirilgan.
Nargiza Mirzayeva — Lara Croft Muhammadjon Xoʻjayev — Lord Richard Croft Elbek Mirzohidov — Mathias Vogel
Bundan tashqari, tarjimon — Firdavs Xoʻjayev, dublyaj va ovoz rejissori — Jamshid Tangliberdiyev, montaj ustasi — Hamidulla Latipov, texnik xodim — Muhammadali Rashidov, muharrir — Baxtiyor Karimov.
Musiqasi
Manbalar
Havolalar
Turkum:2018-yil filmlari Turkum:2018-yil 3D-filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:Buyuk Britaniya filmlari Turkum:Warner Bros. filmlari Turkum:Metro-Goldwyn-Mayer filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh triller filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:Buyuk Britaniya 3D-filmlari Turkum:4DX-filmlar