Hayvonlar shahri 2016-yilda Walt Disney Pictures kinokompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan buddy cop va komedik janrdagi Amerika 3D formatli kompyuter-animatsion filmidir. Kartina Walt Disney filmlarining ellik beshinchi toʻliq hajmli filmi hisoblanadi. Film rejissorlari Byron Howard va Rich Moore, ovoz berganlar sirasiga esa Ginnifer Goodwin, Jason Bateman, Idris Elba, Jenny Slate, Nate Torrence, Bonnie Hunt, Don Lake, Tommy Chong, J. K. Simmons, Octavia Spencer, Alan Tudyk va Shakira kirishadi.

Hayvonlar shahri filmining premyera sanasi Belgiyada 13-fevral 2016-yilda, AQShda esa 4-mart 2016-yilda boʻlib oʻtdi. Kinoteatrlarda 2D, 3D, Disney Digital 3-D, RealD 3D va IMAX 3D formatlarida qoʻyildi. Film umumjahon boʻylab $1 milliard jamgʻardi va 2016-yilning toʻrtinchi eng kassabop film, dunyo miqyosida oʻttiz toʻrtinchi eng kassabop film, Walt Disney Pictures filmlari orasida esa daromadi $1 milliarda yetgan toʻrtinchi eng kassabop film boʻldi.

Ovoz berganlar Ginnifer Goodwin — Judy Hopps Jason Bateman — Nick Wilde Idris Elba — Ketua Bogo Jenny Slate — Dawn Bellwether J. K. Simmons — Wali Kota Leodore Lionheart Nate Torrence — Benjamin Clawhauser Bonnie Hunt — Bonnie Hopps Don Lake — Stu Hopps Tommy Chong — Yax Octavia Spencer — Mrs. Otterton Alan Tudyk — Duke Weaselton Shakira — Gazelle Raymond S. Persi — Flash Maurice LaMarche — Mr. Big Jesse Corti — Manchas Tom Lister Jr. — Finnick Kristen Bell — Priscilla Katie Lowes — Dr. Madge Honey Badger Mark Smith — McHorn Rich Moore — Doug Phil Johnston — Gideon Grey Davomi 2016-yil iyun oyida Howard va Moore Hayvonlar shahri animatsion filmining davomi haqida gapirishgan. Xuddi shu oyda, Hayvonlar shahri 2 uchun gʻoyalar haqida intervyuda Ginnifer Goodwin, keyinchalik Judy Hopps sifatida rolini bajarishni istaganini maʼlum qildi. Eslatmalar

Manbalar

Havolalar

Turkum:2016-yil filmlari Turkum:2016-yil 3D-filmlari Turkum:2016-yil kompyuter-animatsion filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:2016-yil sarguzasht filmlari Turkum:2016-yil multfilmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:Hayvonlar haqidagi animatsion filmlar Turkum:4DX-filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:Byron Howard filmlari Turkum:Rich Moore filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar