„The Grinch“ (oʻzbekcha manbalarda „Grinch“ oʻlaroq maʼlum) — 2018-yilda chiqarilgan kompyuterli animatsion film. „How the Grinch Stole Christmas“ (2000) kinokartinasining remeyki. Dr. Seuss yozgan „How the Grinch Stole Christmas!“ (1957) kitobiga asoslangan. Illumination studiyasi tomonidan ishlangan, Universal kompaniyasi tomonidan esa tarqatilgan. Film bosh qahramonlariga Benedict Cumberbatch, Rashida Jones, Kenan Thompson, Cameron Seely va Angela Lansbury ovoz bergan.

„The Grinch“ premyerasi 2018-yilning 9-noyabrida boʻlib oʻtgan.

Syujeti Grinch — tanasi yashil yung bilan qoplangan mijgʻov, badqovoq jonzot. Qachonlardir Whoville shaharchasi aholisi uning oʻzgacha tashqi qiyofasi ustidan mazax qiladi. Bu hodisa Grinchning koʻnglini chilparchin qiladi. Shu kundan buyon Grinch doʻst orttirishga boʻlgan urinishlarini butunlay yigʻishtirib, shaharcha yaqinidagi gʻorda yolgʻizlikda yashashni boshlaydi. Yagona hamrohi — Max () laqabli it. Yildan yilga shaharcha aholisining Rojdestvoni quvonch ila nishonlashi Grinchning nafratini kuchaytirib boradi. Kunlarning birida esa shaharliklarning bayramini oʻgʻirlashga qaror qiladi.

Ovoz berganlar Aktyor Personaj Benedict Cumberbatch Grinch Cameron Seely Cindy Lou Who Rashida Jones Donna Who Kenan Thompson Bricklebaum Angela Lansbury mer McGerkle Pharrell Williams hikoyachi Tristan OHare Groopert Sam Lavagnino Ozzy Ramone Hamilton Axl Scarlett Estevez Izzy Michael Beattie doʻkon sotuvchisi

Oʻzbekcha dublyaj Muhammadjon Xoʻjayev  — Grinch Hoshim Arslonov — hikoyachi Zulxumor Moʻminova — Cindy Lou Who va Donna Who

Shuningdek, tarjimon — Hasanboy Teshaboyev, rejissor va ovoz rejissori — Jamshid Tangliberdiyev, rejissor yordamchisi — Raʼno Suyunova, montaj ustasi — Hamidullo Latipov, texnik xodim — Muhammadali Rashidov hamda muharrir — Baxtiyor Karimberdiyev.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2018-yil filmlari Turkum:2018-yil 3D-filmlari Turkum:2018-yil multfilmlari Turkum:2010-yillar Christmas filmlari Turkum:Illumination multfilmlari Turkum:Universal Pictures animatsion filmlari Turkum:Universal Pictures filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:Rojdestvoga oid multfilmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Yarrow Cheney filmlari Turkum:2018-yil kinokomediyalari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar