„Guardians of the Galaxy“ (oʻzbekcha manbalarda „Galaktika qoʻriqchilari“ oʻlaroq maʼlum) — 2014-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi; „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi oʻninchi film. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli superqahramonlar jamoasiga asoslangan. Marvel Studios kinostudiyasi tomonidan ishlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga James Gunn rejissyorlik qilgan. Bosh rollarni Chris Pratt, Zoe Saldaña, Dave Bautista, Vin Diesel, Bradley Cooper, Lee Pace, Michael Rooker, Karen Gillan, Djimon Hounsou, John C. Reilly, Glenn Close va Benicio del Toro ijro etgan.
Film premyerasi 2014-yilning 21-iyulida Dolby teatrida boʻlib oʻtgan. Umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $773,3 million mablagʻ toʻplab, 2014-yilning uchinchi eng kassapob filmiga aylangan. Filmning ikkita sikveli bor: „Guardians of the Galaxy Vol. 2“ (2017) va „Guardians of the Galaxy Vol. 3“ (2023).
Rollarda Chris Pratt — Peter Quill / Star-Lord Zoe Saldana — Gamora Dave Bautista — Drax the Destroyer Vin Diesel — Groot Bradley Cooper — Rocket Raccoon Lee Pace — Ronan Michael Rooker — Yondu Karen Gillan — Nebula John C. Reilly — Rhomann Dey Glenn Close — kommandor Rael Benicio del Toro — Taneleer Tivan / Kolleksioner
Musiqasi
Xit-paradlar Xit-paradlar (2014)OʻrniUK Official Soundtracks Album Chart6UK Official Compilations Chart58
Manbalar
Havolalar
Turkum:2014-yil filmlari Turkum:2014-yil 3D-filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:James Gunn filmlari Turkum:Marvel kinematografiya koinoti filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:Oʻzga sayyoraliklar haqidagi filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar