Servitut (lot. servitus, servitutis — boʻysinuvchi holat) — oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — qoʻshni boʻlgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir. Ushbu holat Oʻzbekitston Repulikasi Yer kodeksining 30-moddasiga asosan tartibga solinadi. Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin: oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtishda; oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazishda; oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar * oʻtkazish va ulardan foydalanishda; oʻzganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sugʻorish uchun suv olishda; mollarni oʻzganing yer uchastkasi orqali haydab oʻtishda; oʻzganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanishda; oʻzganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etishda.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Servitut · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.