„Ы“ operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari () — 1965-yilda suratga olingan qora komediya. Sovet Ittifoqining eng mashhur komediyalaridan biri. Qisqa metrajli 3 filmdan iborat: „Yordamchi“, „Tanish holat“ va „Ы operatsiyasi“ .
Yordamchi Katta yoshli bezori Fedya avtobusda homilador ayolga joy bermay, talaba Shurikka qilgan hujumi uchun 15 sutkalik maʼmuriy qamoqqa olinadi. Fedya jazoni oʻtash uchun turar-joy binosi qurilishiga yuboriladi. Xuddi shu qurilishda talaba Shurik ham ishlaydi. Ushbu hikoyadan bexabar boʻlgan bosh usta Pavel Stepanovich, Fedyani Shurikning sherigi etib tayinlaydi. Fedya qulay fursatdan foydalanib, talabaga qoʻlidan kelgan hamma bezorilikni qilishni boshlaydi. Shunga qaramay, Shurik oʻzi uchun qatʼiyat bilan kurashishga muvaffaq boʻladi va jangning oxirida Fedyani magʻlub etib, u bilan tushuntirish ishlarini olib boradi — devor gulqogʻozi ruloniga oʻragan holda savalab, qanotli iborani aytadi: Bu kerak, Fedya, kerak!. Ertasi kuni Fedya barcha ishlarga gʻayrat bilan borishga tayyor boʻladi, ammo unga boshqa ish tayinlangan edi: 15 sutka davomida Shurik bilan ishlash. Rollarda Aleksandr Demyanenko — Shurik Aleksey Smirnov — Fedya Vladimir Basov — militsioner Emmanuil Geller — yoʻlovchi Rina Zelyonaya — avtobusdagi ayol Viktor Uralskiy — omborxona qorovuli Mixail Pugovkin — Pavel Stepanovich
Tanish holat Politexnika institutida imtihon sessiyasi boshlangan. Imtihonga tayyorgarlikni soʻnggi daqiqalargacha qoldirgan Shurik, konspekt izlaydi, ammo ular boshqa talabalar tomonidan olib ketilgan edi. Kutubxonadan ketayotib, u tasodifan oʻziga kerakli konspektlarni notanish talaba qizning qoʻlidagi daftarda koʻrib qoladi. Shurik konspektlarga shunday berilib ketadiki, qanday qilib qizning uyiga borib qolganini ham sezmaydi. Imtihondan soʻng, Shurikning doʻsti uni Lida bilan tanishtiradi va ular orasida oʻzaro simpatiya paydo boʻladi. Shurik Lidaning uyiga tashrif buyurganida, unga uydagi hamma narsa tanish tuyuladi. Lida va Shurik parapsixologik qobiliyatlarni aniqlash uchun ilmiy tajriba oʻtkazadilar. Ushbu tajriba yangi uchrashuvning vaʼdasi bilan tugaydi. Rollarda Aleksandr Demyanenko — Shurik Natalya Seleznyova — Lida Svetlana Ageyeva — Lidani dugonasi Vladimir Rautbart — Professor Viktor Pavlov — talaba Valery Nosik — talaba Georgiy Georgiu — Lidani qoʻshnisi Zoya Fyodorova — Lidani qoʻshnisi
„Ы“ operatsiyasi Savdo bazasining qallob direktori oʻzi qilgan talon-torojliklarni yashirish uchun soxta oʻgʻrilikni uyushtirishni reja qiladi. Bu ishga qoʻrqoq, axmoq va barzangidan iborat tajribali oʻgʻrilarni yollaydi. Biroq, „Ы“ deb nomlangan ehtiyotkorlik bilan tashkil etilgan va mashq qilingan operatsiya kutilmagan voqea tufayli eng boshida buziladi. Qorovullik uchun, tungi smenaga tayinlangan yumshoq tabiatli ayol emas, balki ayolning uyida ijarada yashovchi, jasur va qatʼiyatli talaba Shurik kelgan edi. Tungi olishuvlardan soʻng, uchlik qoʻlga olinib, militsiyaga olib ketiladi. Rollarda Aleksandr Demyanenko — Shurik Yuriy Nikulin — axmoq Georgiy Vitsin — qoʻrqoq Yevgeniy Morgunov — barzangi Vladimir Vladislavskiy — omborxona mudiri
Havolalar
Manbalar
Turkum:1965-yil filmlari Turkum:Mosfilm kinostudiyasi filmlari Turkum:Sovet Ittifoqi filmlari Turkum:SSSR kinokomediyalari