Toshkent-Sergeli aerodromi – Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan faoliyati toʻxtatilgan aerodromAirport of Sergeli. Hozirgi Yangihayot tumani Fayzli mahallasi hududida joylashgan.
Aerodrom 1950-yillarda tashkil etilgan. Oʻsha vaqtda bu yerda Yak-18 va Po-2 samolyotlari joylashgan, 2010-yil holatiga koʻra, aerodromda „Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi“ DUKka tegishli An-2 samolyotlari va Mi-8 vertolyotlari bor boʻlgan. Turli vaqtlarda bu yerda samolyotlar va vertolyotlar joylashgan, parvoz va vertolyot simulyatorlari va ishchilarni qayta tayyorlash uchun oʻquv kurslari boʻlgan.
2018-yil 15-avgustdagi PF-5511-sonli prezident qaroriga muvofiq, aerodrom hududidagi maydon „Industrial park“ kichik sanoat zonasi tashkil etish maqsadida Toshkent shahar hokimligi balansiga oʻtkazilgan.
2020-yil 20-yanvardagi Vazirlar Mahkamasining VMQ-35-sonli qaroriga binoan aerodrom hududidagi „IL-86“ trenajyori binosi yangi tashkil etilgan Humo Air aviakompaniyasiga oʻtkazib berilgan.
„Industrial park“ tashkil etilishi kerak boʻlgan 101,64 gektar maydonning 72 gektarida 2022-yil Tashkent INDeX koʻp tarmoqli savdo-sotiq bozori tashkil etilgan.
Manbalar
Turkum:Toshkent