Andijon aeroporti  – Andijon shahridan 6 km uzoqlikda joylashgan xalqaro aeroport. Mahalliy yoʻnalishlardan tashqari Rossiyaning Domodedovo xalqaro aeroporti (Moskva), Tolmachevo aeroporti (Novosibirsk), Pulkovo aeroporti (Sankt-Peterburg) bilan aloqalari bor Airport diagram for UTKA.

Tarixi SSSR Harbiy vazirining 1950-yil 23-dekabrdagi buyrugʻiga binoan 1954-yil aerodrom havo hujumidan mudofaa aviatsiyasini joylashtirish uchun qurilgan. 1954-yil noyabrdan 1992-yil maygacha boʻlgan davrda aerodromda 9-gvardiya qiruvchi aviatsiyasi bazasi hisoblangan. SSSR parchalanganidan keyin 1992-yil may oyida polk Oʻzbekiston yurisdiksiyasiga oʻtkazilgan va nomi 62-qiruvchi aviatsiya polki deb oʻzgartirilgan.

Sovet Ittifoqi davrida aeroportdan SSSRning quyidagi shaharlariga samoyotlar qatnagan:

Moskva (1 reys haftasiga 5 martadan) – Domodedovo, Vnukovo, Sheremetyevo Leningrad/Sankt-Peterburg (1 reys haftasiga 2 martadan) Sverdlovsk/Yekaterinburg (1 reys haftasiga 2 martadan) Kiyev (2 reys haftasiga 1 martadan) Simferopol (3 reys – 1 reys haftasiga 2 martadan, 2 reys haftasiga 1 martadan) Surgut (2 reys – 1 reys haftasiga 2 martadan, 1 reys haftasiga 1 martadan) Frunze (1 reys haftasiga 4 martadan) Abakan (1 reys haftasiga 3 martadan), Mineralnye Vodi (1 reys haftasiga 2 martadan), Dushanbe (2 reys – 1-reys haftasiga 7 marta, 2-reys haftasiga 4 martadan) Novosibirsk (3 reys – 1-reys haftasiga 4 martadan, 2-reys haftasiga 2 martadan, 3-reys haftasiga 1 martadan) Olmaota (4 reys – 1 reys haftasiga 7 martadan, 2 reys haftasiga 4 martadan va 4-reys haftasiga 3 martadan) Kuybishev / Samara (1 reys haftasiga 3-4 martadan) Qoʻrgʻontepa (1 reys haftasiga 7 martadan) Magadan (1 reys haftasiga 4 martadan) Anadir (1 reys haftasiga 4 martadan) Pavlodar (1 reys haftasiga 4 martadan) Balxash (1 reys haftasiga 4 martadan) Nijnevartovsk (1 reys haftasiga 2 martadan) Omsk, Chelyabinsk, Krasnoyarsk, Tyumen, Ufa (1 reys haftasiga 1 martadan)

Mahalliy reyslar

Sovet Ittifoqi davrida Andijon aeroportidan Toshkent (22 reys, shu jumladan: An-24 va Yak-40 samolyotlarida kuniga 8-9 reys va TU-154 samolyotlarida (164-180 oʻrin) kuniga 3-4 reys), Samarqand (2 reys – 1 reys haftasiga 4 martadan, 2-reys haftasiga 3 martadan), Qarshi (haftasiga 4 martadan), Nukus (haftasiga 4 martadan), Buxoro, Urganch, Termiz va Jizzax (har biriga haftasiga 3 martadan) shaharlariga tinimsiz samolyotlar qatnagan.

Mustaqillik davrida Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1992-yilda aeroport Oʻzbekistonning yurisdiksiyasiga oʻtgan. Andijon xalqaro aeroporti sifatida fuqarolik maqsadlarida foydalaniladi. Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasi baza aeroporti hisoblanadi.

2015-yilda Andijon aeroportiga xalqaro aeroport maqomi berildi. Aeroport binosida yoʻlovchilarning kelish va joʻnatish terminali, alohida bino – tranzit yoʻlovchilar zali va alohida bino – rasmiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zali mavjud.

2019-yildan boshlab aeroport Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati tasarrufida. Kompaniya 100 foiz ulush bilan egalik qiluvchi „Zahriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroporti“ MChJ aeroportni operativ boshqaradi.

2020-yil 19-iyulda chiqqan PQ-4755 sonli prezident qaroriga muvofiq, Andijon xalqaro aeroportiga „Zahiriddin Muhammad Bobur“ nomi berilgan.

2020-yil 1-avgustdan boshlab Andijon xalqaro aeroportida „beshinchi havo erkinligi“ huquqini qoʻllagan holda ochiq osmon rejimi joriy qilingan.

Aeroport 2023-yil 1-apreldan rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan parvozlar uchun yopildi. Aeroport 2023-yil oxiriga qadar faoliyat koʻrsatmasligi maʼlum qilingan edi.

2024-yil 20-martdan Andijon aeroporti muntazam reyslar uchun qayta ochildi. Birinchi muntazam parvoz Toshkentdan amalga oshirilgan Silk Avia US601 reysi boʻldi. Hozir US601/US602 reysi haftasiga uch marta – dushanba, seshanba va payshanba kunlari amalga oshirilmoqda. Muntazam reyslar ruxsat berilishdan oldin 15-mart kuni Uzbekistan Airways tomonidan Toshkentdan texnik reys amalga oshirildi.

Rekonstruksiyasi 2023-yil 1-apreldan 2024-yil 20-martgacha boʻlgan rekonstruksiyaning birinchi bosqichida uzunligi , kengligi boʻlgan yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi, yurish yoʻlagi va samolyotlar toʻxtash joyi qurildi. Drenaj tizimi yangilanib, yer osti suvi qochirildi.

Rekonstruksiyaning ikkinchi bosqichida ikkinchi yurish yoʻlagi qurilishi davom ettirilib, IKAO CAT-II toifasidagi radar, meteorologiya va yoritish uskunalarini oʻrnatiladi. Bundan tashqari yoʻlovchi terminalini yangidan qurish koʻzda tutilgan. Bu orqali yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish quvvati soatiga avvalgi 300 tadan 1000 taga, parvozlar soni yiliga 584 tadan 3 ming 700 taga ortadi.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

Manbalar

Turkum:Andijon viloyati bino va inshootlari Turkum:Oʻzbekiston aeroportlari Turkum:Oʻzbekiston harbiy aerodromlari Turkum:SSSR harbiy aerodromlari