Haydar Aliyev jamgʻarmasi (ozarb. Heydər Əliyev Fondu) — notijorat turdagi nodavlat tashkilotdir. Fondni tashkil etish Haydar Aliyevga boʻlgan hurmatni koʻrsatish va xotirasini yod etish, uning boy maʼnaviy — ruhiy meʼrosini aks ettirish, Haydar Aliyevning „ozarbayjonlik“ falsafasining ahamiyatini taʼkidlash va milliy davlatchilik gʻoyalarini yangi avlodlarga oʻtkazish zaruratidan kelib chiqqan.

Maqsadi Fondning maqsadlari: Ozarbayjonnig ijtimoiy — iqtisodiy, madaniy rivojlanishi, uning jahonning sivilizatsiyalshgan hamjamiyatiga integratsiyalash, xalqning moddiy farovonligini yaxshilash maqsadida, koʻzga koʻringan siyosat arbobi Haydar Aliyev tomonidan belgilangan va ishlab chiqilgan gʻoyalari va siyosatini oʻrganish, targʻib qilish va hayotga tatbiq qilishga yordam berish; Umummilliy rahbar Haydar Aliyevning boy meʼrosidan foydalangan holda Ozarbayjonning ravnaqiga va xalqining farovonligini oshirishga xizmat qiladigan keng koʻlamli dastur va loyihalarni amalga oshirishga yordam koʻrsatish; Fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, sport va ekologiya sohalarida dastur va loyihalarni ishlab chiqib va hayotga tatbiq qilish; Respublika va xorijiy fondlar, nodavlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, umumiy loyihalarni hayotga tatbiq qilish; Maxsus yordamga muhtoj insonlarga yordam koʻrsatish, mahalliy ijtimoiy muammolarni hal qilishda yordam koʻrsatish; Ijodiy salohiyatni aniqlash va bilim, koʻnikma va qobiliyatli insonlarni rivojlanishiga koʻmaklashish; Bolalar va yoshlarni har tomonlama rivojlangan fuqaro etib tarbiyalashga xizmat qilish; Bolalar ijodiy yoshlar, sanʼatkolar koʻrgazmasini tashkil qilish; Bolalar tashkilotlari infratuzilmalarini rivojlantirish; Ozarbayjon va xorijiy oʻquv muassasalari bilan hamkorlik qilish; Ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga koʻmaklashish; Ozarbayjon Respublikasi va xorijda dolzarb mavzularga konferensiya va seminarlar tashkil qilish; Xorijiy mamlakatlar olimlari va mashhur ilmiy — tadqiqot markazlari orasida tajriba almashinishga yordam koʻrsatish; Mamlakatning ijodiy va ilmiy salohiyatini oshirishga koʻmaklashish; Ozarbayjon Respublikasining xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda yordam koʻrsatish; Ozarbayjon hayoti haqida jahon hamjamiyatiga maʼlumot berish; Dunyo globallashuvi sharoitida diniy bagʻrikenglikni oʻrnatish, fuqarolik jamiyatini qurish, milliy — maʼnaviy qadriyatlarni saqlab qolishga yordam berish.

Tarkibi Fond tarkibi kollegial va yagona boshqaruv turlarini oʻzida mujassam etgan. Fond oʻz faoliyatini 2004-yilda boshlagan, fond prezidenti YUNESKO ning yaxshi niyat elchisi, Ozarbayjon birinchi xonimi Mehribon Aliyeva, ijrochi direktor Anar Alekperov.

200px|left|thumb|Fond prezidenti Меhribon Aliyeva Fondni uning prezidenti boshqaradi; uning vakolatlariga dasturlarni tasdiqlash va ularni amalga oshirish ustidan umumiy boshqaruv, fond faoliyatining maqsadli ustuvorligi, uning tuzilishi va kadrlar tarkibini, shuningdek, ustav bilan belgilangan vazifalarni aniqlash kiradi. Shuningdek, Haydar Aliyev fondi prezidenti tomonidan belgilangan vakolatlar doirasida ish yurituvchi ijrochi direktor lavoziga tasdiqlandi. Ijrochi direktor fond tomonidan olib borilayotgan dastur va tadbirlar ustidan joriy nazoratni olib boradi, shuningdek, uning vakolatlari doirasiga kiritilgan masalalar yuzasidan vakoltali vakili hisoblanadi.

200px|right Fond prezidenti qoshida shuningdek, turli mutaxasislikdagi ekspertlardan tashkil topgan ekspertlar kengashi faoliyat koʻrsatadi: ularning maqsadi qabul qilinayotgan qarorlarning oqilonaligi va samaradorligini taʼminlash, ular fond prezidentiga tegishli xulosalar, hisobot va maʼruzalar tayyorlab topshiradilar; shuni taʼkidlash joizki, kengash konsultativ tuzilma hisoblanadi. Ozarbayjonga tashrif buyurayotgan koʻpgina xorijiy siyosatchilar fondning mehmoni boʻlishgan. Ular orasida Gretsiya Prezidenti Konstantinos Stefanopulos, Moskva shahrining sobiq meri Yuriy Lujkov, Pokiston Prezidenti Pervez Musharraf, Rossiyaning sobiq prezidenti Boris Yeltsin, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Turkiya bosh vaziri Redjep Tayip Erdogan, Rossiya bosh vaziri Vladimir Putin, Turkiya armiyasining bosh shtabi boshligʻi, general Ilker Bashbuxa, Belorusiya prezidenti Aleksandr Lukashenko, Eron prezidenti Mahmud Ahmadinedjad, Turkiya prezidenti Abdulla Gyul, Shveysariya prezidenti Paskal Kushpen Rossiya Federatsiyasi prezidenti Dmitriy Medvedev, shuningdek, koʻpgina boshqa mamlakatlar boshliqlari va hokimiyat boshliqlarini taʼkidlash mumkin; ularning barchasi fondning faxriy mehmonlari kitobida oʻz tilaklarini yozib qoldirishgan.

Fond logotipi Fond logotipi 2004-yilda oʻtkazilgan va 2500 ish havola etilgan tanlov natijalri boʻyicha qabul qilingan. Haydar Aliyev fondi logotipi Haydar Aliyev initsiali „N.Ə.“ dan tuzilgan sakkiz burchakli yulduzni qamrab olgan boshqa sakkiz burchakli yulduzdan tashkil topgan. „N.Ə.“ initsialini qamrab olgan sakkiz burchakli yulduz bu Haydar Aliyev gʻoyalarini atrofida Ozarbayjon xalqini birlashishini anglatadi. Logotipning moviy rangi osmon, demokratiya, rostgoʻylik, poklik, tozalik, tinchlik, sodiqlik, ishonchlilik, sofdillik va oʻziga boʻlgan ishonchni bildiradi. Zarxal rang — quyosh, tinchlik, taraqqiyot, yorqin kelajakni anglatadi. Logotipning moviy va zarxal ranglari umummilliy yurtboshi Haydar Aliyevning maqsad va gʻoyalarini oʻzida aks ettiradi.

Faoliyati 150px|right|thumb|Fondning shtab makoni Ozarbayjonning pochta markasida aks ettirilgan Fond koʻpgina gumanitar va madaniy masalalar bilan shugʻullanadi: bunga maktab va internatlarni qurish va rekonstruksiya qilish, kutubxona va madaniy markazlarni tashkil qilish kiradi. Fond shuningdek, sanʼatni qoʻllab quvatlash va targʻib qilishga yoʻnaltirilgan dasturlani amalga oshiradi, sanʼat sohasidagi insonlarni qoʻllab — quvvatlaydi, fond oʻz mablagʻlari hisobidan qandli diabet, takassemiya, gemofiliya kabi turli kasalliklarga chalingan insonlarga yordam koʻrsatiladi.

Fond faoliyati faqatgina Ozarbayjonda cheklanib qolmaydi: fond turli madaniy va gumanitar loyihalarini Gruziya, Pokiston, Rossiya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda ham amalga oshiriladi.

2010-yilning mart oyida fondning yordami bilan „Ozarbayjon“ kitobi nashr etildi. Unga Ozarbayjoning boy madaniyati, sanʼati, anʼanalarini aks ettirgan minglab rasmlari kiritilgan. Bokuning zamonaviy sanʼat muzeyida kitobga kiritilgan foto — ishlar namoyish etilgan koʻrgazmasi tashkil qilinganNashr taqdimoti.

Fan va taʼlim Fan va taʼlim sohasida Haydar Aliyev Fondi „Bolalar uyi va internatlarni rivojlantirish“, „Yangilanayotgan Ozarbayjonga — yangi maktab“, „Taʼlimni qoʻllab — quvvatlash“, „Maktabgacha taʼlim muassasalarini rivojlantirish“ dasturlarini hayotga tatbiq etadi.

„Bolalar uyi va maktab internatlarni rivojlanirish“ dasturi doirasida 30 dan ortiq bolalar muassasalari kapital taʼmirdan chiqarilib yangi jihozlar bilan taʼminlangan, ularga qoʻshimcha binolar qurildi, kommunal sharoitlari yaxshilandi. Bolalar uyi va maktab internatlarda kutubxonalar tashkil etildi, maxsus oʻquv qoʻllanmalar va baddiy kitoblar bilan toʻldirildi. Koʻpchiligida kompyuter texnikasi oʻrnatildi, kompyuter xonalari interfaol taʼlim uchun jihozlandi. Fond muntazam ravishda ommaviy tadbirlar, festival, tanlovlar oʻtkazadi, havaskor jamoalari, musiqa, raqs, gilam toʻqish, chizish toʻgaraklariga yordam koʻrsatiladi. Ushbu bolalar muassasalaridagi musiqa toʻgaraklarini fond yangi musiqa asboblari, raqs toʻgaraklarini esa — kiyim va boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlaydi.

Haydar Aliyev fondi tashabbusi bilan bolalar uyida tahsil olgan, 18 yoshdan oshgan qizlar uchun Bokuda 50 xonadonli turar joy qurildi. Turar joy topshirish marosimi 2014-yilning 9-yanvarida boʻlib oʻtdi. Undagi xonadonlar barcha kerakli maishiy jihozlar bilan taʼminlangan.

300px|left|thumb|jismoniy imkoniyatlari cheklangan va nogironlar uchun Yevlox Regional Informatsiya Markaziy. 2005-yildan boshlab Fond „Yangilanayotgan Ozarbayjonga — yangi maktab“ dasturini amalga oshirib kelmoqda, uning asosiy maqsadiga taʼlim sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish, taʼlim darajasiga toʻgʻridan — toʻgʻri taʼsir koʻrsatayotgan muammolarni hal qilish, zamonaviy standartlarga javob bera oladigan taʼlim majmualarini tashkil qilish kiradi. Shuningdek, dastur maqsadiga mahalliy va xorijiy korxonalar va xalqaro tashkilotlarni bu sohada hamkorlik qiilish uchun imkoniyatlarini aniqlash ham kiradi.

„Yangilanayotgan Ozarbayjonga — yangi maktab“ dasturi doirasida 2005-yildan 2012-yillar oraligʻida Ozarbayjonning turli hududlarida 100 mingdan ortiq oʻquvchiga moʻljallangan 400 ta maktab qurildi va qayta taʼmirlandi. Bu maktablar laboratoriya, kutubxona, oshxona, kompyuter zallari, ustaxona, avtonom isitish tizimlari, sport zallari va maydonlari bilan taʼminlandi.

„Taʼlimni qoʻllab — quvvatlash“ dasturi doirasida Haydar Aliyev fondi qochoqlar va yurtidan zoʻrlab koʻchirilgan oilalarning birinchi sinf oʻquvchilarini, Gruziyada yashaydigan ozarbayjon oilalaridagi birinchi sinfga chiqqan oʻquvchilarni, shuningdek, darslari gruzin tilida oʻtiladigan Gax, Zagatal va Balakyan tumanlaridagi maktab oʻquvchilarini maktab sumkasi va oʻquv qurollari bilan taʼminlaydi. Fond oʻquv muassasalarini oʻquv qurollari va turli adabiyotlar bilan taʼminlanishiga alohida eʼtibor qaratadi.

„Taʼlimni qoʻllab — quvvatlash“ dasturi doirasida Gruziya, Misr, Ruminiya, Rossiya Federatsiyasi, Pokiston va Gollandiyada bir nechta maktablar rekonstruksiya qilinib kapital taʼmirdan chiqarildi. Eng eʼtiborli va muvafaqiyatli loyihalardan biri bu 2005-yilgi zilzila natijasida vayron boʻlgan Pokistonning Muzaffarobod shahrida joylashgan Rara tumanidagi yangi qizlar maktabini qurilishi boʻldi.

Fondning ushbu dasturi doirasida 2010-yilda Rossiyaning Ulyanovsk shahridagi 78-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi kapital taʼmirdan chiqarildi.

„Maktabgacha taʼlim muassasalarini rivojlantirish“ dasturi doirasida fond maktabgacha taʼlim muassasalarini qayta qurilishini amalga oshirmoqda. 2005-yildan 2012-yillar mobaynida Ozarbayjon boʻylab 20 yaqin bolalar bogʻchalari kapital taʼmirdan chiqarilib zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan.

Sogʻliqni saqlash 300px|right|thumb|Boku Talassemiya Markaziy Bugungi kunga qadar Haydar Aliyev fondi tomonidan sogʻliqni saqlash sohasida koʻpgina loyihalar amalga oshirildi — yangi sogʻliqni saqlash muassasalarining qurilishi va amaldagilarini qayta taʼmirdan chiqarilishi, davolash — diagnostika va reabilitatsiya markazlarini yaratish, qandli diabet va talassemiya kasalligiga chalingan bemorlariga gʻamxoʻrlik koʻrsatish va davolash, qon topshirish aksiyalari va boshqalar shular jumlasidandir.

2004-yildan boshlab Haydar Aliyev Fondi, Ozarbayjon diabetga chalinganlar jamiyati va „Novo Nordisk“ daniya korxonasi tashkilotchilar hisoblangan „Diabetga chalingan bolalarga — eng katta gʻamxoʻrlik“ loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu loyiha doirasida qandli diabetga chailngan bolalar, yuqori sifatli insulin va uni ogʻriqsiz va aniq kiritadigan ignalar ishlab chiqaruvchisi sifatida dunyoga mashhur boʻlgan „Novo Nordisk“ daniya korxonasi preparatlari bilan taʼminlanadilar.

2005-yilda Haydar Aliyev Fondi talassemiya muammolariga bagʻishlangan „Talassemiyasiz hayot uchun“ mavzusida yegʻilish oʻtkazdi. Talassemiyaga chalingan bolalarni xavfsiz va sifatli qon bilan taʼminalsh uchun, ozarbayjonda maxsus tibbiy markaz va qon bankini tashkil qilish, ixtiyoriy donorlik xizmatini rivojlantirish, talassemiyani tarqalishini oldini olish maqsadida aholiga talassemiya haqida maʼlumot berish va talassemiya bilan kurashayotgan mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida, Hahdar Aliyev fondi 2009-yilning 9-mayida Bokuda ochilish marosimi boʻlib oʻtgan talassemiya Markazini qurdi.