„Oq kema“ (), „Ertakdan keyin“ deb ham ataladi — qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatov qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1970-yil „Noviy mir“ jurnalida chop etilgan. „Oq kema“ bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Qissada Issiqkoʻl boʻyida yashovchi yetti yoshli yetim bola haqida hikoya qilinadi. 1975-yil qissa asosida „Qirgʻizfilm kinostudiyasida film suratga olingan. Film SSSR davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Oʻzbekcha tarjimasi „Oq kema“ bir necha tilga tarjima qilingan. Asarni oʻzbek tiliga 1971-yil „Qirgʻiziston“ nashriyoti chop etgan ruscha nashirdan Asil Rashidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1973-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Qissa oʻzbek tilida bir necha marta chop etilgan. Jumladan, 1986-yil „Oʻqituvchi“ nashriyotida „Birinchi muallim“ va „Boʻtakoz“ qissalari bilan bir qatorda toʻplam oʻlaroq bosilib chiqqan.

Manbalar

Havolalar „Oq kema“ Ziyouz saytida

Turkum:Qissalar