„Luqmoni hakim“ — oʻzbek xalq ertaklari, naqllari va latifalari toʻplami. Toʻplamni Toʻra Mirzayev va Zubayda Husainova nashrga tayyorlagan. Toʻplamga kiritilgan ertak, naql va latifalarni Nurali Nurmat oʻgʻli aytib bergan. Kitob 1990-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Toʻplam oʻzbek xalq ertaklarida oʻzida jamlagan muhim toʻplamlardan biri hisoblanadi. Unga kiritilgan ertaklarning ayrimlarida xalq qoʻshiqlari ham bor.

„Luqmoni hakim“ „Oʻzbek xalq ijodi“ koʻp jildli kitoblar seriyasiga kiritilgan. Tahrir hayʼati Komil Imomov, Nizom Komilov, Toʻra Mirzayev, Baxtiyor Nazarov, Bahodir Sarimsoqov, Yusuf Sultonov, Turob Toʻla, Shonazar Shoabdurahmonov, Solih Qosimovlardan iborat boʻlgan.

Manbalar

Havolalar „Luqmoni hakim“ Ziyouz saytida

Turkum:Oʻzbek xalq ijodi Turkum:Ertaklar toʻplamlari