Siston va Balujiston () — Eron ustonlaridan biri. Eronning janubi-sharqiy qismida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Zohidon shahri. Boshqa yirik shaharlari: Zobul, Eronshahr. Aholisi soni — 2 530 000 ziyod. Siston va Balujiston ustoni, Eronning maydoni boʻyicha eng yirik ustoni hisoblanadi.
Shahristonlari Siston va Balujiston ustoni 14 ta shahristonga (viloyat) boʻlingan: Quyida ushbu shahristonlar roʻyxati keltirilgan: Zobul Zihok Zahadon Eronshahr Kunorak Nikshahr Siravon Sarboz Xosh Chobahor Dalgʻon Hirmand Mehriston Sib va Suron
Aholisi 2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Siston va Balujiston ustonida 2 534 327kishi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismini balujlar tashkil etadi. Shuningdek forslar va pushtunlar ham yetarli darajada. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir (sunniylik mazhabi ushbu ustonda shia mazhabidan koʻra kengroq tarqalgan). Uston rasmiy tillari — forscha va balujcha.
Manbalar
Iran Provinces
Turkum:Eron ustonlari Turkum:Balujiston Turkum:Ummon qoʻltigʻi