Noʻmon Hasanov () — oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va murabbiy.
Futbolchilik faoliyati
Futbolchilik faoliyatini 1989-yilda „Avtomobilchi Qoʻqon“ jamoasida boshlagan. 1990-yilning yozida „Soxibkor Xalqobod“ jamoasiga kelib qoʻshilgan, ammo 7 oʻyindan soʻng Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtgan. Soʻngra Toshkentning MHSK, Qozonning „Rubin“, „Avtomobilist“, „Doʻstlik Yangibozor“, „Nasaf Qarshi“, „Qoʻqon 1912“, „Traktor Toshkent“, „Shoʻrtan Gʻuzor“, „Soʻgʻdiyona“ klublarida toʻp surgan. 2009-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubi futbolchisiga aylandi va shu yerda futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Milliy terma jamoa 1992—1997-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasi safini himoya qilgan, u yerda jamoa sardori boʻlgan.
Murrabiylik faoliyati Murabbiy sifatida ilk ishini 2003-yilda ham „Doʻstlik Yangibozor“ klubida futbolchisi boʻlsa-da, u jamoani boshqargan, biroq yozda jamoani tark etgan.
2012-yilda Chilonzorning „Paxtakor-2“ farm klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2012-yilning 24-iyulida Noʻmon Xasanov oʻz lavozimini tark etib, „Paxtakor“ yoshlar jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. 2012-yilda „Paxtakor“ yoshlari bilan Oʻzbekiston yoshlar ligasi, Oʻzbekiston ligasi jamoalari yoshlar terma jamoasi chempionatida gʻalaba qozongan. 2014-yil yanvar oyida u „Paxtakor“ ga yangi murabbiy etib tayinlangan Samvel Babayanga yordamchi murabbiy etib tayinlandi.
2015-yilning 7-iyulida Samvel Babayan oʻz lavozimini tark etib, Oʻzbekiston milliy terma jamoasini boshqarishi uchun „Paxtakor“ bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. 2016-yilgi mavsum ikkinchi yarmida „Qoʻqon 1912“ jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Qoʻqon jamoasini 3 yildan ziyod boshqargan Hasanov 2019-yilgi mavsumda isteʼfoga chiqarildi. 2020-yilgi mavsumda Namanganning „Navbahor“ jamoasining klub tizimiga taklif etildi va bir muddat bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi lavozimda ham faoliyat olib bordi.
2022-yil Tojikiston Oliy ligasi vakili „Istaravshan“ klubi bosh murabbiyiga aylandi. 2023-yil OFK kubogi ishtirokchisiga aylangan Tojikistonning boshqa bir jamoasi Xoʻjandning „Xoʻjand“ klubi bosh murabbiyiga aylandi.
Yutuqlar
Futbolchi sifatida
Paxtakor
SSSR Birinchi ligasi gʻolibi: 1991 Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni (1): 1992 Oʻzbekiston Kubogi sohibi (1): 1993
MHSK Toshkent
Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni (1): 1997
Doʻstlik
Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni (2): 1999, 2000 Oʻzbekiston Kubogi sohibi (1): 2000
Murabbiy sifatida
Paxtakor
Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni (1): 2015
Individua
Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi 3-oʻrin: 1999 Gennadiy Krasnitskiy klubi : 153 gol
Manbalar
Havolalar
transfermarkt.com Murabbiy Profili transfermarkt.com Futbolchi Profili soccerway.com
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Jizzax viloyati kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:FC Rubin Qozon futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:1996-yilgi AFC Osiyo kubogi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari Turkum:Tojikistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Doʻstlik Toshkent viloyati klubi bosh murabbiylari Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:Navbahor klubi murabbiylari Turkum:Qoʻqon 1912 futbol klubi bosh murabbiylari