Mehmed VI Vahid ud-Din (وحیدالدین; Altıncı Mehmet, Mehmet Vahideddin) (1861—1926) — Usmonlilar imperiyasining soʻnggi, 36-sultoni (1918-1922)

Tarjimai hol Birinchi jahon urushi tugayotgan paytda taxtga oʻtirgan. Imperiya urushda Antantaga magʻlub boʻlgan, bu paytda Usmonli imperiyasi ancha zaiflashib qolgan edi. Podshoh esa, Antanta qoʻlidagi qoʻgʻirchoqqa aylanib qolgandi. 1919-yilda Anatoliyada Mustafo Kamol boshchilgida podshoh hokimiyatiga qarshi isyon koʻtarilgan. 1920-yilda Mustafo Kamol yangi tuzilgan hukumatga rahbar boʻlgan. Sulton Mehmed Mustafo Kamolga qarshi kurashish uchun Antantadan yordam soʻraydi, lekin Kamol bilan kurash befoyda boʻlib chiqadi. 1922-yil 1-noyabrda Usmonlilar imperiyasi tugatiladi. Mehmed Italiyaga ketadi. 1926-yili vafot etadiMehmed VIOsman. Suriyaning Damashq shahridagi Sulaymoniya takyasining qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar

Turkum:Usmonlilar imperiyasi hukmdorlari Turkum:Usmonli sulolasi Turkum:Sulaymoniya takyasining qabristonida dafn qilinganlar Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlari Turkum:Doʻlmabogʻcha saroyi