Donald John Trump (, 1946-yil 14-iyunda tugʻilgan) — amerikalik siyosatchi, teleboshlovchi, aktyor va tadbirkor. Respublikachilar partiyasi aʼzosi, Qoʻshma Shtatlarning 47-prezidenti. 2017-yildan 2021-yilgacha 45-prezident boʻlgan.
Nyu-York shahrida tugʻilgan Trump 1968-yilda Pensilvaniya universitetini iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. 1971-yilda oilasining koʻchmas mulk biznesiga rahbarlik qila boshladi, uni „“ deb qayta nomladi hamda osmonoʻpar binolar, mehmonxonalar, kazinolar, golf maydonchalarini sotib olish va qurishga kirishdi. 1990-yildan 2000-yilgacha oltita biznesining bankrotligini boshdan kechirdi, keyinchalik yangi loyihalarni yoʻlga qoʻydi. 2004-yildan 2015-yilgacha „“ nomli realiti-shouni olib bordi. Siyosatda chetdan kelgan shaxs sifatida tanilgan Trump 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida Demokratik partiya nomzodi Hillary Clinton ustidan gʻalaba qozondi.
Trump oltita musulmon mamlakati fuqarolariga nisbatan , AQSH-Meksika chegarasidagi devorni kengaytirdi va amalga oshirdi. Atrof-muhit va biznes sohasidagi qonun-qoidalarni bekor qildi, 2017-yilda imzoladi hamda Oliy sudga . Tashqi siyosatda Trump AQShni iqlim, savdo va Eronning yadroviy dasturi boʻyicha kelishuvlardan chiqardi, Xitoy bilan . Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan yadroviy qurolsizlanish boʻyicha kelishuvga erisholmadi. COVID-19 pandemiyasi davrida sogʻliqni saqlash mutaxassislariga zid fikrlar bildirdi va asosan iqtisodiy ragʻbatlantirish choralarini imzoladi. Trump 2019-yilda hokimiyat vakolatlarini suiisteʼmol qilgani va Kongress faoliyatiga toʻsqinlik qilgani uchun, 2021-yilda esa qoʻzgʻolonga undagani uchun impichmentga uchradi. Senat uni ikkala holatda ham oqladi. Birinchi muddati tugagach, olimlar va tarixchilar uni Amerika tarixidagi eng yomon prezidentlardan biri sifatida baholadilar.
Trump — „“ iborasi timsoli. Uning koʻplab sharhlari va harakatlari irqiy ayirmachilik deb taʼriflangan. Trump yolgʻon va chalgʻituvchi bayonotlari bilan Amerika siyosatida misli koʻrilmagan darajada fitna nazariyalarini targʻib qilgan. 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida Joe Bidenga yutqazgach, Trump va bu 2021-yil 6-yanvar kuni bilan yakunlandi. 2023-yilda Trump , tuhmat hamda ayblovlari bilan javobgarlikka tortildi. 2024-yilda aybdor deb topildi va shuning bilan, birinchi bor sudlangan AQSh prezidentiga aylandi. 2024-yilgi prezidentlik saylovlari kampaniyasida Trump suiqasddan omon qoldi, buning ortidan reytingi oshib, yagona raqibi Kamala Harrisni saylovda magʻlub etdi.
Trump 2025-yil 6-yanvar kuni bir yarim mingga yaqin tartibbuzarni afv etish va tashabbusi bilan boshladi. Trump farmoyishlarining qonuniyligi koʻplab daʼvolarni keltirib chiqardi.
Bolalik va yoshlik yillari Donald John Trump 1946-yil 14-iyunda Nyu-Yorkning Queens tumanidagi Yamayka kasalxonasida tugʻilgan. Nemis millatiga mandub Fred Trump va shotland millatiga mansub Mary Ann McLeodning toʻrtinchi farzandi. Opalari Maryanna va Elizabeth, akasi Fred va ukasi Robert bilan Queensning Jamaica Estates mahallasidagi qasrda oʻsgan. Fred Trump har bir farzandiga yiliga 20 ming dollardan sarflagan, bu 2024-yilgi hisobda 265 ming dollarga teng . Zamonaviy standartlarga koʻraDonald Tramp reshil ballotirovatsya na post prezidenta SShA // „Yandeks“ novosti, Trump sakkiz yoshida millioner boʻlgan.
Trump yettinchi sinfgacha oʻqigan. U tarbiyasi qiyin bola boʻlgan va otasining biznesiga erta qiziqish bildirgan. Otasi oʻrta maktabni tugatishi uchun Nyu-York harbiy akademiyasi qoshidagi xususiy maktab-internatiga yozdirdi. Trump shou-biznesda karyera qilishni oʻyladi, lekin buning oʻrniga 1964-yilda Fordham universitetiga oʻqishga kirdi. Ikki yil oʻtgach, Pensilvaniya universitetining Uorton maktabiga oʻtdi va 1968-yil may oyida iqtisodiyot boʻyicha bakalavr darajasini oldi.
Vyetnam urushi paytida tovonida jiddiy nuqsoni borligi sababli chaqiruvdan ozod qilingan.
Biznesdagi faoliyati Koʻchmas mulk
1968-yildan boshlab Trump otasining „Trump Management“ koʻchmas mulk kompaniyasida ishlagan. Nyu-Yorkning chekka tumanlarida irqiy jihatdan ajratilgan oʻrta sinfga tegishli ijara uylariga egalik qilgan. 1971-yilda otasi uni kompaniya prezidenti etib tayinladi va u The Trump Organization shirkatidan brend sifatida foydalana boshladi. Roy Cohn Trumpning 19701980-yillarda 13 yil davomida tuzatuvchisi, advokati va murabbiyi boʻlgan. 1973-yilda Cohn Trumpga AQSH hukumatiga 100 million dollar (2024-yilgi hisobda 708 million dollarga teng) evaziga Trumpning mulklarida irqiy kamsitish amaliyoti borligi haqidagi ayblovlarga qarshi chiqishga yordam berdi. Trumpning qarshi daʼvolari rad etildi va hukumatning ishi Trumplar segregatsiyadan chiqishga rozilik toʻgʻrisidagi farmonni imzolashi bilan hal qilindi. Oʻttiz yoshga toʻlmasdan turib, oqibati va bahosi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, sudlashuvga moyilligini koʻrsatdi; hatto yutqazganida ham, ishni gʻalaba deb taʼrifladi. Cohn Trump loyihalariga yordam berib, noqonuniy amaliyotlarini nazorat qiladigan vakil edi. 1991-yildan 2009-yilgacha oʻzining oltita biznesi: Manhattandagi Plaza mehmonxonasi, Nyu-Jersi shtatining Atlantik-Siti shahridagi kazinolar va Trump Hotels & Casino Resorts kompaniyasini bankrotlikdan himoya qilish uchun koʻra, yordam soʻrab ariza topshirdi.
1992-yilda Maryanne, Elizabeth, Robert Trumplar, ularning amakivachchasi John W. Walter, har biri 20 foizlik ulush bilan All County Building Supply & Maintenance Corp. shirkatini tashkil etishdi. Kompaniya ofislarga ega emas edi va Trumpning ijara boʻlinmalari uchun taʼminotchilarga pul toʻlash uchun soxta kompaniya boʻlgan. Keyin esa bu xizmatlar va taʼminotlarni Trump Management kompaniyasiga 20-50 foiz va undan yuqori ustamalar bilan toʻlagan. Mulk egalari ustamalardan tushgan daromadni baham koʻrishdi. Koʻtarilgan xarajatlar uning ijara haqini oshirish uchun ishlatilgan.left|thumb|Tramp da oʻzining bekor qilingan Manxettenni rivojlantirish loyihalaridan birining modeli bilan. 1985-yil Manhattan va Chikagodagi qurilishlar Trump 1978-yilda oʻz oilasining Manhattandagi birinchi korxonasini ishga tushirishi bilan jamoatchilik eʼtiborini tortdi: Grand Central terminaliga qoʻshni boʻlgan tashlandiq Commodore mehmonxonasini taʼmirladi. Moliyalashtirish otasi tomonidan unga 400 million dollarlik shahar mulki soligʻini kamaytirish orqali amalga oshirildi. Hyatt shirkati bilan birgalikda 70 million dollarlik bank qurilish kreditini kafolatladi. Mehmonxona 1980-yilda Grand Hyatt mehmonxonasi sifatida qayta ochildi va oʻsha yili Midtown Manhattandagi Trump Tower osmonoʻpar majmuasini boshqarish huquqini oldi.
1995-yilda Trump 3 milliard dollardan ortiq bank kreditlarini toʻlay olmadi va kreditorlar Plaza mehmonxonasini hamda boshqa koʻpgina mulklarini musodara qilishdi, biroq Trump shaxsiy bankrotlikdan qochishga imkon topdi.
1996-yilda Trump Wall Street koʻchasi, 40-uyda joylashgan, nomi keyinchalik „Trump Building“ deb oʻzgartirilgan, asosan boʻsh turgan 71 qavatli binoni sotib oldi va taʼmirladi. 1990-yillarning boshlarida Gudzon daryosi boʻyida, Lincoln maydonidagi 70 akr (28 gektar) maydonni taʼmirlash huquqini oldi. Boshqa loyihalardan qarzdorlikni yopgach, 1994-yilda loyihadagi ulushining katta qismini osiyolik investorlarga sotdi — ular esa loyihaning yakunlanishini moliyalashtirishgan. Trumpning soʻnggi yirik qurilish loyihasi 2008-yilda Chikagoda ochilgan 92 qavatli „Trump International Hotel and Tower“ mehmonxonasi boʻlgan. 2024-yilda „The New York Times“ va „ProPublica“ gazetalari qurilish xarajatlarining oshib ketishi va turar-joy binolarining past savdosi tufayli yuzaga kelgan zararlarni ikki baravar hisobdan chiqarilgan yoki chiqarilmaganligi tekshirilayotganini xabar qilishdi. Trump 2008-yilgi soliq deklaratsiyasida bu binolarni qiymatsiz deb eʼlon qilgan edi.
Atlantic City kazinolari 1984-yilda Tramp Holiday Corporation kompaniyasining moliyalashtirish va boshqaruv yordami bilan Harrah’s mehmonxonasini ochdi. 1985-yilda ochilmagan „Atlantic City Hilton“ mehmonxonasini sotib oldi va uni Trump’s Castle deb oʻzgartirdi. Trump 1988-yilda Atlantic Citydagi uchinchi joy — „Trump Taj Mahal“ni sotib oldi. Bino 675 million dollarlik obligatsiyalar bilan moliyalashtirildi va 1,1 milliard dollarga qurib bitkazildi, 1990-yil aprel oyida ochildi. 1991-yilda 11-bob boʻyicha bankrotlikdan himoya qilish uchun ariza berdi. Qayta qurish shartnomasi qoidalariga koʻra, u dastlabki ulushining yarmidan voz kechdi va kelajakdagi faoliyatini kafolatladi. 900 million dollarlik qarzini kamaytirish uchun u Trump Shuttle aviakompaniyasini sotdi. Tarkibiga kazinolariga ijaraga berilgan va dokda saqlangan megayaxtasi, Trump Princess va boshqa bizneslari ham kirar edi. 1995-yilda Trump Plaza egalik huquqini olgan Trump Hotels & Casino Resorts (THCR) ga asos soldi. THCR 1996-yilda Taj Mahal va Trump Castle binosini sotib oldi va bankrot boʻldi, natijada 10 foiz egalik huquqi unga qoldi. 2009-yilgacha rais boʻlib qoldi.
Golf klublari 1985-yilda Trump Florida shtatining Palm-Bich shahridagi Mar-a-Lago mulkini sotib oldi. 1995-yilda mulkni boshlangʻich toʻlov va yillik badal bilan xususiy klubga aylantirdi. Mulkning bir qanotidan xususiy turar joy sifatida foydalanishda davom etd. 2019-yilda klubni oʻzining asosiy qarorgohi deb eʼlon qildi. U 1999-yilda golf maydonchalarini qurish va sotib olishni boshladi. 2016-yilga kelib 17 ta golf maydoniga egalik qildi.
Trump nomining litsenziyalanishi Trump Organization Donald Trump nomini oziq-ovqat, kiyim-kechak, oʻquv kurslari va uy jihozlari kabi isteʼmol tovarlari va xizmatlari uchun litsenziyalagan. 50 dan ortiq litsenziyalash yoki boshqaruv bitimlari Trump nomi bilan bogʻliq boʻlib, uning kompaniyalari uchun kamida 59 million dollar daromad keltirgan. 2018-yilga kelib, faqat ikkita isteʼmol tovarlari kompaniyasi uning nomini litsenziyalashda davom etdi. 2000-yillarda Trump oʻz nomini butun dunyo boʻylab turar-joy binolarini qurish uchun litsenziyalagan, ulardan 40 tasi hech qachon qurilmagan.
Boshqa loyihalari 1970-yilda Trump otasining boyligidan 70,000 dollar sarmoyani Brodveyda suratga olinayotgan komediya prodyuseri sifatida kiritib, pullarini yoʻqotdgan. 1983-yilda New York Mets va Cleveland Indians beysbol jamoalari uchun past narxda takliflar bergan. AQSh Futbol Ligasi tarkibidagi New Jersey Generals jamoasini sotib olgan. 1985-yilgi mavsumdan soʻng jamoa faoliyatini toʻxtatdi. 1989 va 1990-yillarda u oʻz nomi bilan Tour de Trump velosiped poygasini tashkillashtirdi. Bu Yevropa poygalari, masalan, Tour de France yoki Giro d'Italia kabi nufuzli mmusobaqalarning Amerika ekvivalentini yaratishga urinish edi.
1986-yildan 1988-yilgacha turli kompaniyalardan katta aksiyalar sotib olib, oʻz ulushlarini foyda uchun sotgan. The New York Times dastlab uning bunday aksiyalar savdosidan millionlab dollar daromad qilganini, ammo „investorlar uning sotib olish haqidagi gaplarini jiddiy qabul qilmay qoʻyganidan soʻng, bu daromadlarning hammasini yoʻqotganini“ aniqladi.
1988-yilda Trump Eastern Air Lines Shuttle shirkatini sotib olib, 22 bankdan iborat sindikatdan 380 million dollar (2025-yilgi hisobda 1,03 milliard dollarga teng) kredit oldi. U aviakompaniyani Trump Shuttle deb nomladi. 1991-yilda kredit qarzlarini toʻlamadi va mulkka egalik huquqi banklarga oʻtdi. 1996-yilda Miss Universe tanlovlarini, jumladan Miss USA va Miss Teen USA tanlovlarini sotib oldi. CBS bilan jadval boʻyicha kelishmovchiliklar sababli, u 2002-yilda ikkala tanlovni NBCga olib chiqqan. 2007-yilda Miss Universe prodyuseri sifatidagi faoliyati uchun Gollivud Shon-sharaf xiyobonidagi yulduzga ismi yozilgan. NBC va Univision 2015-yil iyun oyida uning Meksikalik muhojirlar haqidagi izohlariga javoban tanlovlarni toʻxtatgan.
Trump universiteti