left|thumb|200px|Aksirayotgan Fred Ottning xronotografik rasmi Fred Ott aksasi yoki Fred Ott. Aksirish () — amerikalik kinemotografiya texnologiyalari ixtirochisi Uilyam Dikson tomonidan olingan kichikmetrajli ovozsiz film. AQSH Kongressi Kutubxonasidagi eng eski kinolenta hisoblanadi. Filmda, amerikalik ixtirochi Tomas Alva Edisonning qoʻlida ishlovchi kinomexanik — Fred Ott tasvirga tushirilgan. Ushbu kichikmetrajli film premyerasi AQSHda 1894-yilning 9-yanvar kuni namoyish etilgan. Ushbu kichik filmni suratga olish ishlari 1893-yilda Nyu-Jersi shtatining Vest-Oranjida, Edisonning shaxsiy studiyasida olingan. Filmda Fred Ott tamaki kukunini hidlab aksirgani aks ettirilgan. Film mualliflik huquqlari Uilyam Diksonga tegishlidir.

Manbalar Film Essential Films saytida Film Kongress saytida

Turkum:AQSh filmlari